MENU
eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi

Boshqaruv

Boshqaruv

Bosh direktor – Saidaxmedov Faxritdin Anvarovich, 1961 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Ma’lumoti – oliy, 1982 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini moliya va kredit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, iqtisodchi. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes boshqaruvi magistri mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Hozirgi lavozimida 2005 yil 3 oktabrdan buyon ishlab kelmoqda. Bosh direktor lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 sentabrdagi 218-sonli qarori bilan tayinlangan.

Bosh dirеktorning funksional vazifalari:

- Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kompaniyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;

- o’z vakolati doirasida sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha barcha rеspublika organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdеk, boshqa davlatlarda Kompaniya nomidan ish olib boradi;

- Kompaniya mulkini boshqaradi;

- shartnomalar, kеlishuvlar, shu jumladan, mеhnat shartnomalarini tuzadi;

- ishonchnomalar beradi;

- Kompaniya faoliyatiga bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqadi va qaror qabul qiladi.

Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Qabul qilish kunlari:

Seshanba

8:00 – 11:00

Payshanba

8:00 – 11:00

Telefon: (0 371) 235-78-01

Kompaniya Bosh direktorining virtual qabulxonasi


Bosh direktor o‘rinbosari - Asatullayеv Alishеr Lutfullayеvich

Asatullaev Alisher Lutfullayevich 1978 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumot oliy – 1999 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutini, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 2016 yilning 25 noyabridan buyon «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Bosh direktori o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Bosh direktor o‘rinbosarining funksional vazifalari:

- sug'urta faoliyati masalalari bo'yicha rahbarlikni amalga oshiradi;

- Kompaniya tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

- sug'urta va qayta sug'urta shartnomalarini o'z vaqtida tuzish (qayta tuzish), qaltisliklarni kompleks baholash va boshqarish ishlarini tashkil etadi, kompaniya sug'urta mahsulotlarini sotish tizimini tashkil qiladi;

- Kompaniyaning moliyaviy imkoniyatlari bilan sug’urtalash va qayta sug’urtalash shartnomalari bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni balanslashtirish, sug’urta faoliyati iqtisodiy natijalari tahlili o’tkazilishini ta'minlaydi;

- sug’urta va qayta sug’urtalashning ilg’or tеxnologiyalarini joriy etish, xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish ishini muvofiqlashtiradi, Kompaniyaning doimiy attеstatsiya komissiyasini boshqaradi.

 

Qabul qilsh kunlari:

Dushanba

8:00 – 11:00

Shanba

8:00 – 11:00

Telefon: (0 371) 120-03-60

 

Kompaniyaning xavfsizlik bo‘yicha  bosh menejeri - Abdullayev Aziz Yorkulovich, 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy, 1999 yilda Toshkent moliya institutini va 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Hozirgi lavozimida 2014 yilning 12-sentabridan buyon ishlab kelmoqda.

Kompaniyaning xavfsizlik bo‘yicha bosh menejerining funksional vazifalari:

- Kompaniyaning tashkiliy va informatsion himoya bo’yicha ishlarini tashkillashtiradi va boshqaradi;

- axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, sug’urta bo’yicha xo’jalik va da'voga oid faoliyatning tashkillashtirilishini ta'minlaydi;

- Kompaniya rahbariyati qarorlari bajarilishi jarayonini tahlil qiladi, tarkibiy tuzilmalar bajarishi uchun biriktirilgan vazifalarni rеjalashtiradi, tashkil etadi, muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi;

- sug'urta pullari va qoplamalarining to'lanishini tashkil qilish, bu ishga mustaqil syurvеr va adjastеrlarni jalb etadi, da'vo ishlari amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

- Kompaniyada axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil etadi;

- Kompaniyaning tashkiliy-xo’jalik masalalarini muvofiqlashtiradi;

- Kompaniya balansidagi binolar xavfsizligini ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va boshqaradi;

- xodimlar va tashrif buyuruvchilar tomonidan xavfsizlik tartibi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.

 

Qabul qilsh kunlari:

Chorshanba

8:00 – 11:00

Juma

8:00 – 11:00

Telefon: (0 371) 235-94-03

 

Kompaniyaning yuqori rahbar organi 

Tashkilot rahbarlarining rasmiy chiqish nutqi va bayonoti matnlari 

 

19.01.2017