MENU

O‘ZBEKINVEST

eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!

Navro'z – birdamlik bayrami

2017-yilning 17-mart kuni «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan «Navro'z – birdamlik bayrami» mavzusida madaniy tadbir bo'lib o'tdi.

Unda Kompaniya rahbariyati, maxsuslashtirilgan sho''ba korxonalari, Toshkent shahridagi filiallar mutaxassislari, Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqali teatri aktyorlari, shoir va xonandalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

«O'zbekinvest» kompaniyasi surxondaryolik tashuvchilar uchun seminar tashkil etdi

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan tashuvchilarga sug'urta himoyasining afzalliklarini kengroq tushuntirishga qaratilgan turkum seminar-treninglar va davra suhbatlarini o'tkazish rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu tadbirlarning navbatdagisi 2017-yilning 14-mart kuni Surxondaryo viloyatida tashkil etildi.

«O'zbekinvest» kompaniyasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati vakillari bilan sayyor uchrashuv tashkil etdi

2017-yilning 28-fevral kuni «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi rahbariyati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati vakillari bilan sayyor uchrashuv o'tkazildi.

Unda Kompaniya rahbariyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining qator tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, Kompaniya mijozlari, fuqarolar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tashuvchi va sug'urta himoyasiga bag'ishlangan seminar

2017-yilning 22-fevral kuni «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining Jizzax viloyati filiali tomonidan «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi Qonun va «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi Vazirlar Mahkamasining 266-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

«O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani haqida

2017-yilning 22-fevral kuni O'zbekiston milliy matbuot markazida «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan Kompaniyaning 2016-yildagi faoliyati yakunlari va 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda «O'zbekinvest» kompaniyasi tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

«O'zbekinvest» kompaniyasida Harakatlar strategiyasi muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati

2017-yilning 14-fevral kuni «O'zbekinvest» kompaniyasida «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi» muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov va «O'zbekinvest» kompaniyasi xodimlari ishtirok etishdi.

«O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan 2016 yilda 15 mlrd. so'm sug'urta badallari to'lab berildi

Sug'urta kompaniyalari uchun sug'urta hodisasi yuz berganda mijozlarning da'volarini imkon qadar tez ko'rib chiqib, sug'urta badallarini o'z vaqtida to'lab berishi ularning nufuzini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

«O'zbekinvest» kompaniyasining 2016 yildagi faoliyati tahlil etildi

Joriy yilning 27-yanvar kuni «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Ijroiya qo'mitasining Kompaniyaning 2016-yildagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.

Unda Kompaniya Ijroiya qo'mitasi a'zolari, hududiy filiallar va sho''ba korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Саҳифалар