MENU
eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi

Sug‘urta lug‘ati

A B G D E J Z I K Q L M N O P R S T U O` F X H Ts Sh Yu Ya

Abandon
sug`urta hodisasi yuz berganda sug`urta pulini to`liq olish maqsadida sug`urta qildiruvchining sug`urtalangan mulkga bo`lgan huquqlaridan sug`urtalovchi foydasiga voz kechish huquqi.

Avariya komissari
sug`urtalangan kema va yuklar bo`yicha zararning sababi, tavsifi va miqdorini aniqlash bilan shug`ullanuvchi vakolatli jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug`urtalovchi avariya komissarini mamlakat ichida hamda ushbu mamlakatning qonunchiligiga muvofiq chet elda tayinlaydi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalariga muvofiq avariya komissari avariya sertifikatini tuzadi. Avariya komissari vazifasini adjaster bajaradi.

Avariya sertifikati
avariya komissari tomonidan tuziluvchi, zararning miqdori va sabablari ko`rsatilgan hamda yuz bergan voqea bilan bog`liq tavsilotlarni O`z ichiga olgan boshqa ma`lumotlar kiritilgan hujjat. Avariya sertifikati zarar etkazilganligini tasdiqlaydi va uning qoplab berishni kO`zda tutmaydi. Avariya sertifikati asosida sug`urtalovchi da`vo bo`yicha sug`urta qoplamasini to`lab berish yoki bermaslik to`g`risida qaror qabul qiladi.

Aviatsiya sug`urtasi
havo kemasining avariyaga uchrashi, zararlanishi yoki nobud bo`lishi qaltisligidan sug`urtalash; avia yuklarni sug`urtalash; uchish davrida yo`lovchilarning hayoti va sog`lig`i uchun yuzaga kelgan mas`uliyatni sug`urtalash hamda ularning yuklarining yo`qolishi yoki zararlanishi uchun yuzaga kelgan mas`uliyatni sug`urtalash; aeroportlarning egalarining mas`uliyatini sug`urtalash; avariya natijasida transport vositasidan foydalanib bo`lmasligi oqibatida foydaning yo`qotilishidan sug`urtalash.

Avtotransport vositalarini sug`urtalash 
xalqaro amaliyotda engil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, mototsikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sug`urta turiga kiritiladi (Avtomobil sug`urtasiga qarang). 

Avto fuqarolik mas`uliyati
Avto transport vositalari egalarining fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalashga qarang

Avtokasko
transport vositalarini bir vaqtning O`zida «Olib qochish»va «Zarar etkazish» qaltisliklaridan sug`urtalash.

Avtomobil sug`urtasi 
avto- va mototransport vositalarini hamda haydovchi va yo`lovchilarni sug`urtalash. Tanlangan variantdan kelib chiqqan holda sug`urta qoplamasining har xil turlarini nazarda tutadi. Ulardan keng tarqalgani - avtomobil salonida bo`lgan haydovchi va yo`lovchilarni yo`l-transport hodisasi (YTH) natijasida tan jarohatlari etkazilishidan sug`urtalash; YTH natijasida tibbiy xarajatlarni sug`urtalash (tibbiy ko`rsatmalar bo`yicha davolanish uchun xarajatlar(; YTH natijasida vafot etishini sug`urtalash; YTH va b. natijasida tranport vositasining zararlanishi yoki butunlay nobud bo`lishini sug`urtalash. A. S. sohasi avtomobil yoki mototsikldan foydalanishda yuqori xavf manbaasi ekanligi bilan bog`liq uchinchi shaxlarning hayoti, sog`lig`i va mulkiga etkazilgan zarar uchun avtotransport egasining fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalashni O`z ichiga oladi (ko`pchilik davlatlarda majburiy hisoblanadi).

Addendum
tomonlar o`rtasida oldin kelishilgan shartlarga O`zgartirishlar kiritilgan oldin tuzilgan sug`urta shartnomasiga yoki qayta sug`urtalash shartnomasiga yozma qo`shimcha.

Adjaster
davoni ko`rib chiquvchi va uning tartibga keltrishni tashkillashtiruvchi shaxs (Dispasher qarang)

Aktuariy 
sug`urta kompaniyasining tariflari, zahiralari va majburiyatlari bilan shug`ullanuvchi matematik statistika va ehtimollar nazariyasi sohasida mutaxassis bo`lgan shaxs.

Aktuar hisoblar 
sug`urta turlari bo`yicha sug`urta rezervlari va tariflarini shakllantirishning matematik va statistik uslublarini o`rganish.

Anderrayter 
ma`lum ob`ektni yoki jismoniy shaxsni sug`urtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni (anderrayting) amalga oshiruvchi sug`urta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sug`urtalashga (qayta sugurtalashga) qabul qilish, tarif stavkalarni va sug`urta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sug`urta shartnomasini ma`lum shartlarda tuzishga qabul qilishga (yoki qabul qilmaslikka) vakolati bor shaxs. Anderrayter kompaniyaning sug`urta (qayta sug`urta) portfelini shakllantrishga mas`ul va qaltislikning tegishli darajasini, mukofotlar stavkalarini va sug`urta shartlarini belgilash uchun zarur bilimlarga ega bo`lishi shart.

Anderrayting
qaltisliklarni tahlil etish jarayoni; O`z ichiga quyidagilarni oluvchi qaltisliklarni sug`urtalashga qabul qilish yoki qilmaslik: ularni baholash, sug`urtalanadigan va sug`urtalanmaydiganga klassifikatsiyalash; qoplamaning muddatlari, shartlari va miqdorlarini aniqlash; mukofotning miqdorini hisoblash.

Anuitet 
jismoniy shaxs ma`lum vaqtdan boshlab, maslan nafaqaga chiqish vaqtidan boshlab doimiy kelib tushadigan summani olish huquqini beruvchi kompaniya bilan kelishuv yoki shartnoma. Umumiy hollarda annuitet doimiy to`lanadigan va olinadigan summani anglatadi (shuningdek Renta va SHartli anuitetga qarang).

Assistans 
sug`urta hodisasi yuz berganda sayyohlarni sug`urtalash shartnomasi doirasida taqdim etiladigan tibbiy, tex`nikaviy yoki moliyaviy tavsifga ega xizmatlar: jarohat, kasallik va h. U tibbiyot xodimlarining xizmatlarini, maxsus transportda statsionarga etkazishni, u erda bo`lishni, jabrlanuvchini doimiy yashash joyiga etkazishni va b. O`z ichiga oladi. Odatda bunday xizmatlar ixtisoslashgan assistans kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Sug`urta kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda ishlovchi bir nechta assistans kompaniyalari mavjud.

 

 

Bank sug`urtasi
tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan (depozitlarni sug`urtalashdan boshqa) sug`urtaning nisbatan yangi turi. Farbiy Evropa davlatlarida va AQSHda B.s. - bu tijorat banklarining sug`urta sohasiga (asosan shaxsiy sug`urta sohasiga) kirib kelishidir; faoliyat yuritayotgan sug`urta kompaniyalarini sotib olish va/yoki keng yoyilgan bank filiallari va bo`linmalari Tarmog`i orqali sug`urta polislarini sotish tizimlarini tashkil etishda (agar bu qonunchilik bilan ruxsat etilgan bo`lsa) namoyon bo`ladi.

«Barcha qaltisliklardan» sug`urtalash
mulk sug`urtasining bir turi; ko`p qaltisliklarni qoplab, lekin hammasini qoplamaydi. Bunday turdagi sug`urta shartnomalarida sug`urta himoyasi ko`zda tutilmagan istesnolar qayd etiladi.

Baxtsiz hodisa
sug`urtalangan shaxsning irodasiga bog`liq bo`lmagan tasodifiy, qisqa davrda yuz beruvchi odam organizmiga tashqaridan ta`sir etadigan va travmatik jarohatga, yoki sog`liqning boshqacha yomonlashuviga va/yoki vafot etishiga olib keladigan hodisa. Baxtsiz hodisa bo`lib barcha turdagi kasalliklar, shu jumladan kasbiy va yuqumli kasalliklar, shuningdek oziq-ovqatlardan yoki dori-darmonlardan zaharlanishdan sog`liqning yomonlashuvi hisoblanmaydi.

Baxtsiz hodisadan sug`urtalash
shaxsiy sug`urta turi; baxtsiz hodisa natijasida tana qismlarini zararlanishida polis egasiga ma`lum summani olish huquqini beradi.

Baho (Narx-navo)
sug`urtalovchi tegishli qaltislikni sug`urtalashga qabul etish uchun tayyor bo`lgan mukofot (badal) stavkasi.

Baholash faoliyati
baholash ob`ektlarining turli narxini belgilash bilan bog`liq baholovchilar faoliyati.

Baholovchi 
O`R amaldagi qonunchiligiga muvofiq baxolash faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (xususiy tadbirkor). Sug`urtada - zararning miqdorini aniqlovchi shaxs. Sug`urta kompaniyasi ishlovchilaridan tayinlanuvchi da`volar bo`yicha mutaxassisdan farqli ravishda baholovchi mustaqil ekspert hisoblanadi.

Bolalar sug`urtasi
bolaning yoki voyaga etmaganning (18 yoshga etmagan) hayoti sug`urta ob`ekti bo`lib hisoblanuvchi sug`urta turi.

Bosqinchilik 
hayot va sog`liq uchun xavfli bo`lgan zo`ravonlik ishlatish yoki u bilan qo`rqitish yo`li bilan birovning mulkini o`g`irlash maqsadida qilingan hujum.

Boshqa shaxslar hisobiga sug`urtalash
biron bir shaxs tomonidan boshqa shaxsning manfaatlarini sug`urta qoplamasi bilan ta`minlash maqsadida tuzilgan sug`urta shartnomasi.

Bosh polis 
kelishilgan shartlarda sug`urtalanuvchi barcha ma`lum turdagi qaltisliklarini sug`urtalovchida sug`urtalash majburiyatini olishi bo`yicha sug`urta shartnomasi. Masalan, kelishilgan vaqt mobaynida sug`urtalanuvchi tomonidan jo`natiluvchi va qabul qilib olinuvchi yuklar bir sug`urtalovchi tomonidan sug`urtalanishi shart, u esa sug`urtalanuvchining barcha ko`rsatilgan qaltisliklari, jumladan sug`urtalash uchun O`z vaqtida taqdim etilmagan qaltisliklari bo`yicha mas`uliyatni zimmasiga oladi. Odatda, bir yil muddatga tuziladi.

Bekor qilish to`g`risida bildirish
shartnomani bekor qilish yoki to`xtatish to`g`risida bir tomon ikkinchi tomonga yozma xabar berishi muddatlarining shartlarini belgilaydigan sug`urtalash yoki qayta sug`urtalash shartnomasining bandi.

Benefitsiar (Naf oluvchi)
sug`urta qildiruvchi tomonidan sug`urta polisida sug`urta qoplamasini yoki sug`urta summasini oluvchi deb ko`rsatilgan uchinchi shaxs.

Birinchi qaltislik tizimi 
sug`urta ta`minotining tashkiliy shakli. Haqiqiy zarar miqdorida, ammo tomonlar belgilab olgan sug`urta summasidan ortiq bo`lmagan sug`urta qoplamasi, ya`ni sug`urta summasi doirasida zararning butun hajmi qoplanadi.

Birlashib sug`urtalash
umumiy yoki tegishli ulushdagi sug`urta summasida bo`lgan alohida polislarni topshirish bilan bir xil qaltisliklarni sug`urtalashda ma`lum ulushda ikki yoki undan ko`p sug`urtalovchilar ishtirok etadigan sug`urta turi.

Birlashib sug`urtalovchi
birlashib sug`urtalash shartnomasi ishtirokchisi.

Bir sug`urta hodisasi bo`yicha sug`urtalovchi mas`uliyatining chegarasi 
sug`urta shartnomasi amal qilishi davrida har bir sug`urta hodisasi bo`yicha sugurtalovchining maksimal mumkin bo`lgan ehtimoldagi mas`uliyati. Sug`urta shartnomasida ko`rsatiladi.

Blokli sug`urtalash 
xorijiy amaliyotdagi har qanday sug`urta; har xil turdagi transportdan va sezilarli miqdordagi mayda qismlarga bo`lib tushurib olinuvchi bir nechta turdagi tovarlarga oid qaltisliklarni qoplashni nazarda tutadi.

Bonus
sug`urtalashda: hayotni sug`urtalash bo`yicha sug`urta zahiralarini investitsiya qilishdan foyda olgan sugurtalovchi tomonidan sugurta polisi egasiga oddiy to`lovlardan tashqari to`lanadigan summa, ya`ni kompaniya foydasida ishtiroki bilan polislar egalariga tarqatiladigan yoki ular uchun mo`ljallangan pul mablag`lari.

Bosqinchilik 
mulkni ochiqdan-ochiq o`g`irlash.

Bojxona brokeri 
O`R Davlat bojxona qo`mitasining bojxona brokeri sifatida vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan va Davlat bojxona brokerlari reestriga kiritilgan yuridik shaxs huquqiga ega O`R qonunchiligiga muvofiq tijorat tashkiloti. Bojxona brokeri faoliyati tovarlarni va transport vositasini bojxona rasmiylashtirish va vakilligi amalga oshirilayotgan shaxs hisobidan va topshirig`iga ko`ra bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini amalga oshirish bo`yicha O`z nomidan operatsiyalarni bajarishdan iborat.

Bojxona yuk tashuvchisi
O`R Bojxona kodeksi va Bojxona yuk tashuvchisi to`g`risida Tartibga muvofiq bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi yuk tashuvchi.

Bordero
sug`urtalashga qabul qilingan va qayta sug`urtalanishi lozim bo`lgan qaltisliklarning hujjatli rasmiylashtirilgan ro`yxati. Unda qaltisliklarning batafsil tavsifi keltiriladi.

Broker (sug`urta brokeri)
sug`urta qildiruvchi yoki sug`urtalovchi topshirig`iga ko`ra O`z nomidan sug`urta bo`yicha vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi, belgilangan tartibda tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tgan yuridik yoki jismoniy shaxs. O`z mavqeiga ko`ra S.b. sug`urta qildiruvchining vakili hisoblanadi hamda unga moliyaviy barqaror va mas`uliyatining hajmi va to`lovlar stavkalarining miqdori bo`yicha optimal sug`urta shartlarini ta`minlovchi kompaniyani (kompaniyalar guruhini) topib berishi lozim. Sug`urta hodisasi yuz berganda S.b. sug`urta qildiruvchiga qoplama olishda yordam berishi lozim. SHu bilan birgalikda u sug`urtalovchidan komissiya haqini oladi va unga sug`urta badallari (mukofotlari) to`lanishiga mas`uldir. Ayrim davlatlarda sug`urta shartnomalarining asosiy qismi S.b. orqali tuziladi, boshqalarida esa - faqatgina yirik, yangi va ko`pchilikka unchalik ma`lum bo`lmagan qaltisliklar sug`urtalanadi. Brokerlik instituti asosan Buyuk Britaniya va AQSH da rivojlangan. Qayta sug`urtalash brokerining vazifasi bo`lib ma`lum ulushda O`z zimmasiga olishga tayyor bo`lgan kompaniyalar o`rtasida qayta sug`urtalashga topshirilayotgan qaltisliklarni taqsimlash hisoblanadi.

Brokerlik komissiyasi
ishni taqdim etgani uchun broker foydasiga bo`lgan mukofot puli; sug`urtalovchiga tegishli bo`lgan mukofotdan to`lanadi.

Brutto-stavka 
sug`urta rezervlarini to`plash, ish olib borish xarajatlarini, agentlik mukofoti, sug`urtalovchining hodisani oldini olish tadbirlari fondiga va foydasiga ajratmalar.

 

Yuqoriga

 

 

Guruhlarni sug`urtalash
ma`muriy masalalarni hal etishga qulay bo`lishi uchun o`xshash manfaatli bir nechta shaxsni sug`urtalashda amalga oshiriladigan sug`urta turi. Odatda, ish beruvchilar O`z ishlovchilarini sug`urtalashda qo`llaniladi. Guruh polisi ish beruvchiga yoki sug`urtalanganlar guruhining boshqa vakiliga beriladi, guruh a`zolari esa ular sug`urtalanganliklari to`g`risida sertifikatlar oladilar.

 

Yuqoriga

 

 

Davlat nafaqasi
fuqaroga davlat ijtimoiy jamg`armalardan doimiy pul to`lovlari.

Davlat sug`urtasi
davlat tashkiloti sug`urtalovchi bo`lib ishtirok etadigan sug`urta.

Da`vo
sug`urtada shaxsga, mulkka zarar etkazilishi yoki boshqa zararlarni qoplab berish talabi bo`lib, sug`urta hodisasi yuz berishi munosabati bilan sug`urtalovchiga sug`urtalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Da`voni tartibga solish
to`lash haqidagi qarorni bildirish va da`vo bo`yicha pul to`lash.

Davriy sug`urta qoplamasi
rentaga qarang.

Dengiz sug`urtasi
kema, yuk va fraxt duch keladigan xavflar va tasodiflar bilan bog`liq qaltisliklardan dengiz shartnomalari ishtirokchilarining mulkiy manfaatlariga sug`urta himoyasini ta`minlaydigan barcha sug`urta turlarining yig`indisi.

Dividend 
aktsiyadorlar o`rtasida ular egalik qilayotgan aktsiyalar bahosi va soniga mutanosib ravishda taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.

Disklouz
sug`urtalanuvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi sug`urtalashga qabul qilingan qaltislikning darajasi haqida xulosa qilish uchun sezilarli ahamiyatga ega sug`urta ob`ektini tavsiflovchi har qanday fakt (qaltistik tavsifi) haqida sug`urtalovchini (syurveyer) zudlik bilan xabardor etish bo`yicha xorijiy amaliyotda umumiy qabul etilgan sug`urta huquqi me`yori.

Diskont (chegirma)
ma`lum vaqt mobaynida sug`urta hodisalari yuzaga kelishiga yo`l qo`ymagan sug`urtalovchilar diskontdan foydalanishlari mumkin.

Dispasha
umumiy avariya bo`yicha zararlarni hisoblash va bahosidan kelib chiqib kema, fraxt va yuk o`rtasida taqsimlash, shuningdek avariya bo`lganda zararlarni hisoblash uchun asos bo`luvchi kema halokatga uchraganida umumiy avariya bo`lganligini belgilovchi maxsus hujjat.


Dispasher 
kema, yuk va fraxt o`rtasida umumiy avariya xarajatlarini taqsimlash, ya`ni dispasha bo`yicha hisob-kitobni amalga oshiruvchi xalqaro dengiz huquqi sohasida mutaxassis. Xorijda dispasher, odatda, kema egasi tomonidan tayinlanadi

 

Yuqoriga

 

 

Etkazilgan zarar
sug`urtalovchiga qonunchilikda yoki sug`urta shartnomasida belgilangan tartibda xabar qilingan, sug`urta hodisasi yuz berishi natijasida sug`urtalanuvchi (sug`urtalangan)ning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararning pul ko`rinishi.

Egalik tituli
1) er, ko`chmas mulk, boshqa mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

2) biron bir mulkka egalik qilish uchun qonuniy (yuridik tasdig`i mavjud) huquq.

Ekologik qaltisliklarni sug`urtalash 
mulk sug`urtasi turiga oid yoki atrof muhitni ifloslantirganlik bilan bog`liq qaltisliklarni sug`urtalash.

 

Yuqoriga

 

 

Jamoa sug`urtasi
guruhlarni sug`urtalashga qarang.

Jarimalar
O`z majburiyatlarini bajarmaslik yoki sidqi dildan bajarmaslik bilan bog`liq zararni qoplash haqida shartnoma shartlari bo`yicha O`z majburiyatlarini yaxshi bajarmagan tomonga da`vo qilinishi mumkin bo`lgan tijorat shartnomasi shartlari.

 

Yuqoriga

 

 

Zarar
sug`urta amaliyotida bir nechta ma`noga ega atama:
1) sug`urta hodisasi oqibatida sug`urtalangan mulkka etkazilgan va sug`urtalovchi qoplab berishi lozim bo`lgan zarar;
2) sug`urta hodisasi yuz berganligi fakti: zarar etkazilganligi, ya`ni sug`urta hodisasi sodir bo`lganligi;
3) tegishli sug`urta jamiyati sug`urta hodisasi bo`yicha amalga oshiriladigan ish; bunday hodisa bo`yicha hujjatlar to`plami;
4) sug`urta qaltisligini amalga oshishi natijasida sug`urtalanuvchi yo`qotishlarining pul ko`rinishi; sug`urta shartnomasida ko`zda tutilgan yo`l transport hodisasi, yong`in, tabiiy hodisalar va boshqa sabablar natijasida mulkning (uning qismlarining) zararlanishi yoki nobud bo`lishidan kelib chiqqan mulk sug`urtalanuvchining mulkiy yo`qotishlari (Ko`rsatilgan zarar va Kassa zarariga qarang).

Zarar ko`rish koeffitsenti
to`langan yoki to`lanishi zarur bo`lgan sug`urta qoplamasi miqdorining ishlab topilgan sug`urta mukofotiga nisbati.

 

Yuqoriga

 

 

Ipoteka
mablag`larni ko`chmas mulkka qo`yish (qurilish, tiklash ishlari va sh.o`.).

Ixtiyoriy sug`urta 
qonun bo`yicha mulk yoki uchinchi shaxslar oldidagi mas`uliyatini sug`urtalashga majbur bo`ladigan majburiy sug`urtadan farqli o`laroq ixtiyoriy shartnoma asosida amalga oshiriladigan sug`urta shakli.

Ijtimoiy etishmovchilik
hayot faoliyatining cheklanishiga va ijtimoiy himoya zaruriyatiga olib keluvchi sog`liqning buzilishining ijtimoiy oqibatlari.

Ishlab chiqarish to`xtab qolishidan sug`urtalash
sug`urtalangan qaltislik sababli ishlab chiqarishning to`xtab qolishi yoki uning faoliyatining qisqarishi natijasida moliyaviy zararni qoplovchi mulk sug`urtasi turi.

Ishlab chiqaruvchining mas`uliyatini sug`urtalash
mas`uliyatni sug`urtalash turi; sug`urtalanuvchi ishlab chiqargan yoki sotgan mahsulotda nuqson bo`lishi natijasida mijozlarga mulkiy zarar etkazilishi oqibatida vafot etgan, mayib bo`lgan yoki jabrlanganlarga yuridik ravishda sug`urtalanuvchi to`lab berishi shart bo`lgan har qanday to`lovni qoplab beradi.

Ish beruvchining mas`uliyatini sug`urtalash
mas`uliyatni sug`urtalash turi; azaldan boshqa turdagi mas`uliyatni sug`urtalash turlaridan ajratiladi. Ish beruvchining mas`uliyatini sug`urtalash Polisi mehnat shartnomasidan kelib chiquvchi jabrlanuvchi O`z majburiyatlarini bajarishi jarayonida yuz beradigan va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanishi bilan bilvosita bog`liq kasallik va tan jarohatlari uchun qonunchilikdan kelib chiquvchi mas`uliyatini qoplab beradi.

Ishonchnoma
uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun biron bir shaxsdan boshqasiga beriladigan yozma vakolat.

 

Yuqoriga

 

 

Kasallik 
tashhis qo`yishning imkonini beruvchi ob`ektiv ko`rishdagi jarohat etkazilishidan kelib chiqmagan sog`liqning buzilishi.

Kasbiy mas`uliyatni sug`urtalash
sug`urtalanuvchining «harakatlari, xatolari va nuqsonlari» dan kelib chiqqan uchinchi shaxslarning moliyaviy yo`qotishlari bilan bog`liq mas`uliyat sug`urtasi turi.

Kasko 
transport vositalarini (kemalar, samoletlar, avtomobillar) sug`urtalashda qo`llaniladigan sug`urta turi. «Kasko sug`urtasi» atamasi transport vositasining O`zigagina etkazilgan zararlar yoki nobud bo`lishi qoplab berishni nazarda tutib, yo`lovchilar, tashilayotgan mulk, uchinchi shaxslar oldidagi mas`uliyat va b. O`z ichiga olmaydi.

Kassa zarari
qayta sug`urtalovchi tomonidan zudlik bilan to`lanishi zarur bo`lgan, shartnomada kelishilgan summadan oshib ketuvchi, to`lab berilishi kerak bo`lgan tegishli ulush miqdoridagi zararlarni (odatda, bir-ikki hafta mobaynida) to`lashni nazarda tutgan qayta sug`urtalash shartnomasi shartlari.

Kargo
xalqaro amaliyotda fraxtni olish maqsadida dengiz kemasi tashuvchi yuk yoki mulk. Tashqi savdo operatsiyalarida yukning aniq nomlanishi ko`satilmagan hollarda yuk «kargo» tushunchasi bilan belgilanadi.

Kemalarni sug`urtalash
mulk sug`urtasi turi; unga quyidagilar kiradi: qurilish-montaj sug`urtasi, mashinalarni buzilishdan sug`urtalash, ishga tushirilgandan so`ngi kafolatlar majburiyatini sug`urtalash, elektron uskunalarni sug`urtalash va qurilish-montaj ishlarini olib borganda uchinchi shaxslar oldidagi mas`uliyatni sug`urtalash.

Kechiktirib bo`lmaydigan tibbiy yordam
tez yordamdan farqli o`laroq unchalik zarur bo`lmagan holatlarda foydalaniladi. YOrdam bemorning yashash joyi poliklinikasidagi terapevt shifokor tomonidan 2 4 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Kombinatsiyalashgan sug`urta
bir nechta sug`urta turlari bo`yicha kompleks sug`urta qoplamasini taqdim etadigan bir sug`urta shartnomasi.

Kumulyatsiya 
qaltiliklarni ma`lum bo`shliq doirasida ushlab turish.

Keptiv sug`urta kompaniyalari 
yirik sanoat yoki tijorat kompaniyalari tomonidan ularga tegishli barcha qaltisliklarni yoki ularning bir qismini sug`urtalash maqsadlarida ta`sis etiluvchi sug`urta kompaniyalari.

 

Yuqoriga

 

 

Qaltislikni baholash
qaltislik deb qaralayotgan voqeani har tomonlama tahlil etish.

Qayta sug`urtalash
bir sug`urtalovchi (qayta sug`urtalovchi) tomonidan boshqa sug`urtalovchining sug`urtalanuvchi oldidagi majburiyatlarini sug`urtalash. Qayta sug`urtalash shartnoma bilan sug`urtalanuvchi oldidagi belgilangan barcha shartlarni yoki qisman majburiyatlarni bajarish qaltisligi bilan tuziladi. Qayta sug`urtalash muvozanatlashtirilgan sug`urta portfelini yaratish, sug`urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligi va rentabelligini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi. Qayta sug`urtalash - sug`urta tizimi barqarorligining eng muhim omillaridan. Xalqaro maydonda tan olingan sug`urtalovchilarda O`z qaltisliklarini qayta sug`urtalash sug`urta kompaniyasining obro`li ekanligidan dalolat beradi.

Qayta sug`urtalash shartnomasi
qayta sug`urtalovchi va qayta sug`urtalanuvchi o`rtasida tuzilgan, qaltislikni bir tomon qayta sug`urtalash uchun berish va ikkinchi tomon uni olish majburiyatini oluvchi ikkitomonlama bitim.

Qayta sug`urtalovchi
qayta sug`urtalashga qaltislikning bir qismini topshirayotgan birlamchi sug`urtalovchi (tsedent).

Qaltislik

1. YUz berishi sug`urtalanuvchi ehtimoldagi voqea yoki voqealar yig`indisi. Voqea ehtimoli (imkoni) bo`lishi va uning yuz berishi tasodifiy bo`lishi zarur.
2. YUz berishi sug`urtalanuvchi u yoki bu voqeaning sodir bo`lishi xavfining darajasi.
3. Qaltislik deb sug`urtalanuvchining mas`uliyati ham tushunilishi mumkin: sug`urta ob`ekti qaltislik ostida, ya`ni uning mas`ulliga bo`ladi.
4. Sug`urta ob`ektini anglatishi mumkin, masalan, kemani.

Qayta sug`urtalash mukofoti
qayta sug`urtalanuvchi tomonidan qayta sug`urtalovchiga beriladigan va qayta sug`urtalash uchun to`lovni O`zida mujassam etgan mukofot.

Qayta sug`urtalash qoplamasi 
sug`urta qoplamasini to`lab berish, qayta sug`urtalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan boshqa xarajatlarni qoplash uchun qayta sug`urtalanuvchi qayta sug`urtalovchidan oladigan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha qaltisliklarda qayta sug`urtalovchining ishtiroki bilan bog`liq summa.

Qayta sug`urtalovchi
1) sug`urta qoplamasini amalga oshirish bo`yicha boshqa sug`urtalovchi majburiyatlarining bir qismini O`ziga qabul qiluvchi sug`urtalovchi;
2) faqat qayta sug`urtalashga ixtisoslashgan kompaniya.

Qayta sug`urtalash guruhi
qayta sug`urtalash himoyasini tashkil etish uchun kompaniyalar birlashmasi, bunda har bir kompaniya qabul qilingan mas`uliyatning bir qisminigina guruhga topshirib, mustaqil sug`urtalashni amalga oshiradi.

Qaltisliklarni joylashtirish
yirik, qimmatbaho yoki xavfli qaltisliklarni brokerlar orqali bir nechta sug`urtalovchida sug`urtalash.

Qoplama chegarasi (sug`urta summasi)
sug`urta summasiga qarang.

Qurilish-montaj ishlarini olib borishda uchinchi shaxlar oldidagi mas`uliyatni sug`urtalash
qurilish-montaj hamda yo`lga qo`yish va ishga tushirish ishlarini olib borish, shuningdek foydalnishning kafolatlangan muddatlarida baxtsiz hodisa yuz berishi natijasida uchinchi shaxslar sog`lig`i va mulkiga etkazilgan zarar uchun mas`uliyatni sug`urtalovchi O`ziga qabul qiladigan mas`uliyatni sug`urtalash turi.

Qurilish ob`ekti
suv quvurlari Tarmog`i, suv ketish quvurlari, gazlashtirish, issiqlik, elektro yoritish tarmoqlarini bilan birgalikda asbob-uskuna, materiallar, galereya, estakadalarni O`z ichiga oluvchi binolar yoki qurilmalar.

Qo`shimcha uskunalar bo`yicha zarar
qo`shimcha sug`urtalangan mulkning o`g`irlanishi, yo`l-transport hodisasi natijasida zararlanishi, yong`in, portlash, tabiiy hodisalar, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqbuzarliklari natijasida zararlanishi.

Qo`shma sug`urta
sug`urtalanuvchi bir vaqtning O`zida sug`urtalovchi bo`lib ham ishtirok etadigan sug`urta turi

Qo`shimcha xarajatlarni sug`urtalash
kO`zda tutilmagan tavsilotlar bilan bog`liq qo`shimcha xarajatlarni qoplovchi mulk sug`urtasi turi.

 

Yuqoriga

 

 

Loyihalashtirish, muhandislik va boshqa ishlarni olib borishda mas`uliyatni sug`urtalash
sug`urtalovchi bo`lib shosse yo`llarni, kalanalizatsiyani, suv va isitish tizimlarini loyihalashtiruvchilar va quruvchilar, quruvchi ko`priklarni loyhalashtiruvchilar, yo`lovchilar uchun lift va eksalatorlarga mas`ul firmalar yoki shaxslar, sanoat ob`ektlari va yashash uylarini loyihalashtiruvchilar va quruvchilar sug`urtalanuvchi bo`lib ishtirok etadigan mas`uliyatni sug`urtalash turi.

Litsenziya
sug`urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi - uning egasiga lizenziyaga ilova qilingan ro`yxatda ko`rsatilgan sug`urta turlari bo`yicha sug`urta faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi Moliya Vazirligi qoshidagi Davlat sug`urta nazorati inspektsiyasi tomonidan beriladigan belgilangan tartibdagi hujjat.

Lloyd 
1. Jahon moliya markazi sifatida London Siti hududida joylashgan xalqaro sug`urta bozori;
2. Qaltislikka borayotgan xususiy sug`urtalovchilardan tashkil topgan ingliz korporatsiyasi. «Lloyd» ilk marta 1688 y. tilga olingan, tashkil bo`lishining tahminiy sanasi 1734 y. Bugungi kunda bu xalqaro maydonda obro`ga ega yirik sug`urtalovchilardan biri.

 

Yuqoriga

 

 

Mas`uliyat
sug`urtalovchining sug`urta summasini yoki sug`urta qoplamasini to`lab berish majburiyati. Qonunchilik va sug`urta shartnomasi tomonidan belgilanadi. Ma`lum hajmdagi sug`urta mas`uliyati bilan, ya`ni yuz berganida to`lov amalga oshiriluvchi ma`lum sug`urta qaltisliklari (sug`urta hodisalari) ro`yxati bilan tavsiflanadi. Sug`urta mas`uliyati hajmi aniq sug`urta ob`ektlariga xos xavflar ro`yxatidan tashkil topadi. Sug`urta mas`uliyatini cheklangan va kengaytirilgan turlari mavjud. CHeklangan mas`uliyat sug`urta qaltisliklarining, ya`ni xavflarining tor va aniq ro`yxatini nazarda tutadi. Kengaytirilgan sug`urta mas`uliyati oldindan qonunchilikda va sug`urta shartnomasida alohida belgilanmagan holatlardan tashqari harqanday sug`urta qaltisligi yuzaga kelishida sug`urtalovchining to`lovni amalga oshirish majburiyatini nazarda tutadi. Sug`urta mas`uliyatininng pul ko`rinishi - sug`urta summasidir. Xalqaro amaliyotda «Sug`urta mas`uliyati» sug`urta qoplamasi atamasi bilan bir xilda tushuniladi.

Mas`uliyatning yig`ma limiti (chegarasi)
har bir sug`urta hodisasi bo`yicha limitlardan tashqari belgilanadigan mas`uliyatning umumiy limiti; sug`urtalovchi amalga oshirgan sug`urta shartnomasi amal qilishi davrida barcha sug`urta hodisalari bo`yicha sug`urta to`lovlari summasining chegarasi.

Mas`uliyat chegarasi tizimi
sug`urta ta`minotining tashkiliy shakli. Zararni oldindan kelishilgan chegara va olingan daromad o`rtasidagi farq sifatida to`lab berishni nazarda tutadi. Agar sug`urta hodisasi bilan bog`liq ravishda sugurtalanuvchining daromadi belgilangan chegara darajasidan past bo`lsa, ushbu chegara va haqiqiy olingan daromad o`rtasidagi farq to`lab beriladi.

Mas`uliyatning umumiy limiti (chegarasi) 
Mas`uliyatning yig`ma limiti (chegarasi)ga qarang.

Mas`uliyat sug`urtasi
sug`urta sohasi; sug`urtalanuvchi uchinchi shaxslarga etkazgan zarari uchun to`lab berishi shart bo`lgan summani qoplab berish majburiyatini sug`urtalovchi O`z zimmasiga oladi (shuningdek, Fuqarolik mas`uliyatiga va Fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalashga qarang).

Mehnatga layoqadning vaqtinchalik yo`qotilishi
davolanish va mehnatga layoqadni tiklashni amalga oshirish zarur bo`lgan muddatga ishdan ozod etish bilan kuzatiluvchi mehnatga lyoqatsizlik.

Mukofot stavkasi
sug`urta mukofotining sug`urta summasiga nisbati.

Mulk sug`urtasi
harakatdagi va ko`chmas mulkka egalik qilish, uni idora etish va undan foydalanish bilan bog`liq mulkiy manfaatlar sug`urta ob`ekti hisoblanadigan sug`urta turlari majmuasi. Mulkning yo`qotilishi bilan bog`liq sug`urta. Sug`urta shartnomasida shartlashilgan sabablar (qaltisliklar) ta`sirida mulkning zararlanishi, nobud bo`lishi, g`oyib bo`lishida etkazilgan zararni qoplashni nazarda tutadi.

Mulkka zarar etkazish
hodisa oqibatida mulkka zarar etkazilishi, uning buzilishi, yo`qotilishi yoki nobud bo`lishi.

Mutanosib mas`uliyat tizimi
sug`urta ta`minotining tashkiliy shakli. Sug`urta qoplamasini oldindan belgilangan ulushda (mutanosiblikda) to`lab berishni kO`zda tutadi. Sug`urta qoplamasi sug`urta summasi sug`urta ob`ektining bahosiga nisbatan qanday mutanosiblikda bo`lsa, etkazilgan zararning huddi shunday qismi to`lab beriladi. Masalan, agar sug`urta summasi sug`urta ob`ektining sug`urta bahosining 80% ini tashkil etsa, sug`urta qoplamasi ham zararning 80% tashkil etadi. Zararning qolgan qismi (ushbu misolda 20%) sugurtalanuvchining qaltisligi bo`lib qoladi. Sug`urtalanuvchining zararning qoplanishidagi ushbu ulushi franshiza yoki sug`urtalanuvchining shaxsiy ushlanmasi deb ataladi.

 

Yuqoriga

 

 

Nafaqa 
qonunchilikda belgilangan holatlarda (ma`lum yoshga etganda, nogiron bo`lib qolganda, boquvchisini yo`qotganda, ma`lum yil ishlab berganida va davlat oldida alohida xizmatlari uchun) davlat yoki boshka sub`ektlar tomonidan fuqarolarga doimiy va hayoti davomidagi pul to`lovlari.Ijtimoiy ta`minotning me`yori hisoblanadi. Davlat va nodavlat nafaqalari mavjud (shuningdek Rentaga qarang).

Nafaqa polisi
ayrim davlarda polis egasi nafaqaga chiqqanda maqsadli jamg`arma hisobidan nafaqa pul mablag`larini to`lash uchun asos bo`ladigan hujjat.

Nafaqa jamg`armasi
unga kiritiladigan badallar va mablag`lar nafaqa to`lashga yo`naltiriladigan davlat jamg`armasi yoki xususiy jamg`arma.

Naf oluvchi
sug`urta hodisasi yuz berganda sug`urta qoplamasi to`lanadigan, sug`urtalanuvchi tomonidan tayinlagan yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug`urta polisida ko`rsatilgan sug`urtalanuvchi, qonuniy me`rosxo`r yoki boshqa shaxs N.o. bo`lishi mumkin. 

Nogiron (shaxs)
kasallik yoki jarohat etkazilishi sababli umumiy yoki kasbiy ishga layoqatlilikning qat`iy yomonlashuvga (pasayishga yoki yo`qotishga) ega shaxs.

Nogironlik
kasallik yoki jarohatlanish natijasida mehnatga layoqatning qat`iiy buzilishi (pasayishi yoki yo`qotilishi).

Nogironlik guruhi 
Mehnatga layoqadni yo`qotilishi darajasidan kelib chiqib, TMEK (Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi) tomonidan aniqlanadi. Nogironlikning uch guruhi mavjud.

Nodavlat nafaqa
fuqaroga nodavlat nafaqa jamg`armalaridan doimiy pul to`lovlari. Odatda, davlat nafaqasiga qo`shimcha ravishda to`lanuvchi tavsifga ega.

Netto-stavka
sug`urta zahiralari va to`lovlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan sug`urta tarifining asosiy qismi.

 

Yuqoriga

 

 

Оlib qochish
transport vositasini o`g`irlash, transport vositasini olib qo`yish.

 

Yuqoriga

 

 

Park chegirmasi
bir nechta avtomobilni sug`urtalashda taqdim etiladigan chegirma.

Polis
sug`urta shartnomasining tuzilganligini tasdiqlaydigan va O`z ichiga uning shartlarini oladigan sug`urtalanuvchiga (sug`urtalangan) beriladigan hujjat. Polis sug`urta shartnomasini mavjudligini yuridik jihatdan tasdig`i bo`lib, zarur holatlarda zararlarni undirib olish uchun sug`urtalovchiga qarshi davo bilan sudga murojaat etishga asos bo`ladi.

Polis shartlari 
sug`urtalovchi tegishli polis bo`yicha qaltislikni sug`urtalashga qabul qilib oladigan shartlar (sug`urta qoidalariga qarang).

Polis egasi
xorijiy fuqarolik huquqida - sug`urtalovchi yoki sug`urtalangan shaxs.

 

Yuqoriga

 

 

Regress
sug`urta qoplamasini to`lash bilan bog`liq zararni qoplash maqsadida sug`urta hodisasi yuz berishida aybdor bo`lgan tomonga sug`urtalovchining da`vo qilish huquqi.

Renta
shartnomada ko`rsatilgan miqdorda sug`urta ta`minoti (doimiy daromad) sifatida shartnoma belgilangan muddatlarda vaqti-vaqti bilan sug`urtalovchi to`lab turadigan summa yoki summalar. To`lovlar sug`urta shartnomasida yoki sug`urta qoidalarida kO`zda tutilgan sug`urta hodisasi yuz berishi bilan amalga oshiriladi - masalan, shartnomada kelishilgan yoshga to`lish.

Repatriatsiya
to`satdan kasallanish.baxtsiz hodisa yuz berganda sug`urtalangan shaxsni doimiy yashash mamlakatiga qaytarish yoki vafot etgan taqdirda murdani doimiy yashagan mamlakatiga etkazish.

Retrotsessioner
qaltislikni qayta sugurtalashga qabul etib, uning bir qismini boshqa sug`urtalovchi yoki qayta sug`urtalovchiga bergan kompaniya.

Retrotsessiya
qayta sug`urtalashga qabul qilingan qaltisliklarni keyingi qayta sug`urtalashga topshirish.

Ritorno
kechirimli sabablarsiz sug`urta shartnomasi bekor qilinganda sug`urtalanuvchi oldin to`lagan mukofotning bir qismini sug`urtalovchi ushlab qolishi.

 

Yuqoriga

 

 

Servis kompaniya 
tibbiy yoki boshqa yordamni sug`urta shartnomasida nazarda tutilgan hajmda sug`urtalangan shaxsga taqdim etishni tashkil etuvchi va sug`urtalovchi bilan hamkorlik to`g`risida shartnomaga ega kompaniya.Odatda, servis xizmati xorijda yuz bergan sug`urta hodisalarini tartibga soladi.

Siyosiy qaltislik 
quyidagi mamlakatga investitsiya qilish qaltisligini sug`urtalash:

1) siyosiy vaziyat barqaror bo`lmaganligi bilan ajralib turuvchi;

2) davlat aktsiyadorlar, obligatsiya egalari yoki qo`shma korxona bo`yicha hamkor oldidagi majburiyatlarining bajarilishi uchun sharoit yarata olishga qudrati bo`lmasa.

Sotib olish summasi
hayotni sug`urtalash shartnomasi bo`yicha to`lanadigan sug`urtalanuvchi badallarining ma`lum qismi. Sug`urta shartnomasini muddatidan oldin to`xtatilganda to`lanadi (masalan, sug`urtalanuvchi sug`urta badallarini to`lashni to`xtatganda). Sotib olish summasining miqdori sug`urtalovchi tomonidan shartnoma tuzilgan muddatlardan va o`tgan sug`urta davridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Sog`liqning boshqacha yomonlashuvi
quyidagini anglatadi:

a) kuyish, portlash, chaqmoq urishi yoki elektr toklarining ta`sirida tan jarohatlari;

b) kimyoviy moddalar (sanoat yoki maishiy) va/yoki nafas olganda yoki tegish natijasida zaharli va/yoki kuydiruvchi moddalardan, bug`dan yoki gazdan kuyish;

v) muzlab qolish, cho`kish, g`arazli shaxslarning yoki hayvonlarning hujumi, quyosh urishi, nafas yo`llariga begona narsalarining bexosdan tushishi, kutilmagan ravishda o`simliklardan o`tkir zaharlanish, shuningdek transport vositalarining (avtomobil, poezd, tramvay va b.) harakatlanishidan yoki mashinalardan, mexanizmlardan va harqanday asbob-uskunalardan foydalanishda halokat yuz berishi oqibatida jarohatlanish.

Sindikat 
birgalikda anderraytingni amalga oshiruvchi sug`urtalovchilar guruhi. Ushbu sug`urtalovchilardan har biri faqat O`z qaltisligi doirasida mas`uliyatga ega bo`ladi.

Sug`urta valyutasi
tuzilgan sug`urta shartnomasining sug`urta summasi va sug`urta mukofotining valyutasi.

Sug`urtalovchilar reytingi 
turli nashrlarda chop etiluvchi sug`urta kompaniyalari faoliyati to`g`risidagi yakunlar.

Sug`urtalovchining mas`uliyati chegarasi
sug`urta shartnomasida nazarda tutilgan sug`urtalovchining maksimal mumkin bo`lgan mas`uliyati.

Sug`urta shartnomasi 
sug`urtalanuvchi va sug`urtalovchi o`rtasida agent yoki broker vositachiligi yoki ularning vosiatchiligisiz tuzilgan va u bo`yicha sug`urtalovchi zararni qoplab berish yoki sug`urta summasini unga (yoki naf oluvchiga) to`lab berish, sug`urtalanuvchi esa sug`urta mukofotini to`la hajmda va vaqtida to`lab berish majburiyatini oluvchi shartnoma. Sug`urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlash uchun sug`urtalovchi sug`urtalanuvchiga sug`urta polisi beradi.

Sug`urta zahiralari 
sug`urta qoprlamasi to`lashni kafolatlarini ta`minlash uchun sug`urta kompaniyalari tuzadigan jamg`arma.

Sug`urta ob`ekti
shaxsiy sug`urtada - fuqarolarning hayoti, sog`lig`i, mehnatga layoqati bilan bog`liq; mulkiy sug`urtada - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni idora etish bilan bog`liq; mas`uliyatni sug`urtalashda - jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulki yoki shaxsiyatiga sug`urtalanuvchiga etkazilgan qoplama bilan bog`liq O`R qonunchiligiga zid bo`lmagan mulkiy manfaatlar.

Sug`urtalanmaydigan qaltislik 
ehtimoli tutilgan voqea; sug`urta polisini sotib olish bilan o`rnini to`ldirib bo`lmaydigan zararlarni etkazishi mumkin (harbiy harakatlar, fuqarolik tartibsizliklari, favqulodda hodisalar).

Sug`urta deklaratsiyasi
sug`urta ob`ekti va qaltislikning ttasnifi to`g`risidagi sug`urtalanuvchining arizasi. Manzil, bahosi, holati, saqlash yoki foydalanish tartibi, texnikaviy tayyorgarligi, yong`in yoki boshqa avariya signalizatsiyasi, shuningdek sifat tasnifi (rusumi, modeli, turi, tuzilmasi, tarkibi va b.) haqidagi axborotni O`z ichiga oladi.

Sug`urta guruhi 
sug`urta shartnomalari bo`yicha majburiyatlarni bajarish uchun bir xilda mas`uliyatni O`z zimmasiga olish sharti bilan sug`urta amallarining moliyaviy barqarorligini ta`minlash maqsadida shartnoma asosida tashkil etiladigan yuridik shaxs bo`lmagan sug`urtalovchilarning ixtiyoriy birlashmasi.

Sug`urta marketingi 
O`z mahsulotlarini sug`urtalanuvchilarga taqdim etish bo`yicha sug`urta kompaniyasi faoliyatining bosh funktsiyalaridan biri. Sug`urta xizmatlariga talabni va ehtimoldagi mijozda mavjud sug`urta manfaatlarini shakllantiradigan kompaniyaning sug`urta marketingi xizmati orqali amalga oshiriladi.

Sug`urtalangan (shaxs)
mulki, hayoti, sog`lig`i, mehnatga layoqati, mas`uliyati sug`urta himoyasi ob`ekti bo`lib hisoblanuvchi va sug`urta polisida ko`rsatiluvchi shaxs. Amalda sug`urtalangan bir vaqtning o`zida sug`urtalanuvchi bo`lishi mumkin, agar u O`zi uchun shartnoma tuzib, pul (sug`urta) badallarini O`zi tuzsa, lekin bir shaxs har doim ham sug`urtalangan va sug`uratlanuvchi bo`lavermaydi.

Sug`urtalanuvchining arizasi
sug`urta shartnomasini tuzish xohishi haqida yozma hujjat yoki sug`urta hodisasi yuz berganligi haqida axborot.

sug`urtaning to`planma turlari
qaltisliklarni qoplashdan boshqa pul mablag`larini to`plash va saqlash elementlariga ega sug`urta dasturlari. To`planma dasturlarga, misol uchun shaxsiy sug`urta, nafaqa sug`urtasi va b. kiradi.

sug`urtalash kvotasi 
ma`lum ob`ektni sug`urtalashda (qayta sug`urtalashda) sug`urtalovchining (qayta sug`urtalovchining) qatnashish ulushi.

Sug`urtalovchilar tomonidan sug`urta rezervlarini joylashtirish qoidalari 
turli moliyaviy instrumentlarga investitsiya qilish uchun davlat organi belgilab bergan sug`urtalovchilar tomonidan sug`urta rezervlarining erkin mablag`laridan foydalanish tartibi.

sug`urta qoidalari 
ixtiyoriy sug`urta shartlarini belgilovchi huquq manbaasi, me`yoriy hujjat. Sug`urta shartnomasi bo`yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilaydi, sug`urta ob`ekti, sug`urta hodisasi va sug`urtalovchi mas`uliyatdan ozod bo`ladigan istesnolar (klauzulalar) ro`yxati. Odatda, sug`urta qoidalari sug`urta polisida keltiriladi yoki sug`urta shartnomasining ajralmas qismini tashkil etadi. Sug`urta kompaniyasi rahbarlari va davlat sug`urta nazorati organlari tomonidan tasdiqlanadi (shuningdek Polis shartlariga qarang).

Sug`urta polisi kafolati ostidagi ssuda
polisning bahosi miqdorida polis egasining hayotini sug`urtalash bo`yicha kompaniya tomonidan beriladigan ssuda.

Sug`urta
ma`lum voqealar (sug`urta hodisasi) yuz berganda jismoniy va yuridik shaxslarining mulkiy manfaatlarining himoyasi bo`yicha munosabatlarni anglatuvchi atama. Himoya manfaatlari himoya qilinayotganlar tomonidan to`lanuvchi sug`urta badallaridan (sug`urta mukofotlari) shakllanuvchi pul jamg`armalari hisobiga amalga oshiriladi.

Sug`urtalanuvchi
sug`urtalovchi bilan sug`urta shartnomasi tuzgan yuridik yoki layoqadli jismoniy shaxs. Sug`urta shartnomasi bo`yicha sug`urta hodisasi yuz berganida sug`urtalanuvchiga qoplab berish majburiyatini O`ziga olganligi uchun sug`urtalovchiga sug`urta badalini to`lash majburiyati sug`urtalanuvchining zimmasida bo`ladi. Sug`urtalanuvchi O`z foydasiga yoki boshqa shaxs foydasiga sug`urta shartnomasini tuzishi mumkin.

Sug`urta to`lovi 
hayot va sog`liqni sug`urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug`urta hodisasi yuz berishi natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash uchun sug`urtalovchi sug`urtalanuvchiga to`lanadigan summa, shuningdek sug`urta shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshirilgan har qanday to`lov (sug`urta qoplamasiga qarang). 

Sug`urta himoyasi 
1) keng ma`noda - tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalar (sug`urta qaltisliklari) sababli moddiy ishlab chiqarish va hayot darajasiga etkazilgan yo`qotishlarni qoplash bilan bog`liq taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining yig`masini aks ettiruvchi iqtisodiy toifa;

2) tor ma`noda - aniq sug`urta ob`ektlariga (tovar-moddiy boyliklarga, mulkka, insonlar hayot va sog`ligiga) etkaziladigan zararlarni qoplash (sug`urta to`lovlari) bo`yicha qayta taqsimlash munosabatlarining yig`indisi. Sug`urta himoyasiga bo`lgan ehtiyoj sug`urta manfaatlarida oydinlashadi.

Sug`urta mas`uliyati 
Mas`uliyatga qarang

sug`urta mukofoti 
sug`urtalanuvchi sug`urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatda sug`urtalovchiga to`lashi shart bo`lgan sug`urta uchun to`lov, sug`urta badali. U sug`urta summasining miqdori, tarifi, sug`urta muddati va boshqa omillarga bog`liq.

Sug`urta bahosi 
sug`urta shartnomasini tuzish paytida sug`urtalangan mulkning haqiqiy bahosi. Sug`urtalovchi tomonidan sug`urtalanuvchi taqdim etgan to`lov hujjatlari yoki maxsus ma`lumotlar asosida aniqlanadi. Sug`urta bahosi miqdorini hisoblash tartibi turli davlatlarda turlicha va amaldagi qonunchilikka asoslanadi.

Sug`urta summasi
uning doirasida sug`urtalanuvchi (uchinchi shaxslar) oldidagi mas`uliyatni O`z zimmasiga oladigan, sug`urta shartnomasi (polisi) ko`rsatilgan pul mablag`i; sug`urta qoplamasining maksimal imkoni bor summasi. Sug`urta summasi mulkning haqiqiy bahosiga teng bo`lishi lozim. Har bir sug`urta hodisasi bo`yicha alohida yoki umumiy summa sifatida belgilanadi. Sug`urta badali va sug`urta qoplamasi miqdori undan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Sug`urta qoplamasi
sug`urtalanuvchiga etkazilgan zararni sug`urtalovchi to`la yoki qisman qoplashi. SHartnomada ko`rsatilgan tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablar natijasida yuz bergan sug`urtalangan mulkning (sug`urtalangan shaxsning hayoti va sog`lig`iga zarar etkazilishi) nobud bo`lishi yoki zararlanishi oqibatida etkazilgan zararlar to`lab beriladi. Sug`urta qoplamasi sug`urta summasi sug`urta bahosiga bo`lgan nisbatda etkazilgan zarar uchun to`lab beriladi. (Sug`urta to`loviga qarang).

Sug`urta qoplamasi 
sug`urta shartnomasi himoya qiladigan qaltisliklar ro`yxati.

Sug`urta voqeasi 
yuz berishi ehtimoli bo`lgan hodisadan himoya sifatida sug`urta shartnomasi tuzilgan sug`urta ob`ektiga zarar etkazilishi.

Sug`urta agenti 
sug`urtalovchi bilan topshiriq shartnomasi va sug`urtalovchi nomidan sug`urtalovchi nomidan sug`urta faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, ya`ni uning nomidan va topshirig`iga ko`ra sug`urta shartnomalari tuzuvchi sug`urtalovchining vakili.

sug`urta dalolatnomasi (sug`urta hodisasi to`g`risida dalolatnoma)
sug`urta hodisasi yuz berishini sug`urtalovchi tan olganda tuziladigan va sug`urta qoplamasi to`lashga asos bo`luvchi hujjat.

Sug`urta brokeri 
sug`urta brokeriga qarang

sug`urta badali
sug`urta mukofoti qarang

sug`urta manfaati 
sugurtalashda jismoniy yoki yuridik shaxsning moddiy manfaatdorlik me`yori. Sug`urtalanuvchi va sug`urtalanganlar manfaatlarning egalaridirlar. Mulk sug`urtasiga nisbatan mavjud manfaat sug`urtalangan mulkning bahosida aks etadi. SHaxsiy sug`urtada sug`urta manfaatlari sug`urta shartlariga asoslangan voqea yuz berganida sug`urta summasini olish kafolatidan iborat. Mavjud sug`urta manfaati sug`urta summasida aks etadi.

sug`urta nazorati 
Polisga qarang

sug`urta portfeli

sug`urtalanuvchi O`z zimmasiga olgan qaltisliklar yig`indisi yoki tuzilgan va mukofoti to`langan shartnomalar soni.

sug`urta mahsuloti
hujjatlar to`plami ko`rinishida bo`lgan aniq bir turdagi sug`urtani ishlab chiqishning oxirgi natijasi. 

sug`urta qaltisligi 
yuz berishi ehtimoli mavjudligi sabali sug`urtalanayotgan voqea; jabrlangan tomonga sug`urta qoplamasini to`lab berish yuz berishi ehtimoli mavjud xavf va tasodiflar. Sug`urta qaltisligi sifatida ko`rilayotgan, ehtimollik va tasodifiylik xossalariga ega voqea (Qaltislikka qarang).

Sug`urta bozori
jamiyatning sug`urta himoyasiga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish jarayonida sug`urta qoplamasini oldi-sotdisi bo`yicha yuzaga keladigan iqtisodiyot tizimi.

Sug`urta hodisasi 
salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlar natijasida sug`urtalovchining sug`urta qoplamasini yoki sug`urta summasini sug`urtalanuvchiga, sug`urtalanuvchi shaxs, naf oluvchiga yoki boshqa shaxslarga to`lab berish majburiyati yuzaga kelishi bilan bog`liq sug`urta shartnomasi yoki amaldagi qonunchilikda kO`zda tutilgan haqiqiy sodir bo`lgan voqea.

Sug`urta tarifi 
sug`urta summasining yoki sug`urta ob`ektining birligiga nisbatan sug`urta badali stavkasi, ya`ni sug`urta summasiga nisbatan me`yorlashgan sug`urta to`lovi miqdori. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra bu sug`urta qaltisligining bahosi. Absolyut sugurta summasiga nisbatan pul ko`rinishida yoki foiz ko`rinishida bo`ladi.

Sug`urta zarari 
sug`urtani baholash bo`yicha zararlangan mulkning to`la nobud bo`lgan yoki arzonlashgan qismi. Etkazilgan sug`urta zararining hisoblangan summasidan kelib chiqqan holda to`lanishi zarur bo`lgan sug`urta qoplamasining miqdorini aniqlaydilar. Bunda sug`urta shartnomasi tuzilgan shartlar inobatga olinadi. Sug`urta qoplamasi summasi sug`urta zarariga summasiga teng bo`lishi shart. Sug`urta zararining miqdorini aniqlash amaliyoti bilan sug`urtalovchi yoki uning topshirig`i bilan tayinlangan ishonchli ekspert (adjaster) shug`ullanadi. Bunda sug`urta qoplamasini hisoblash uchun sug`urta summasi o`rganiladi.

Sug`urtalovchi, sug`urta kompaniyasi, sug`urta jamiyati 
sug`urta faoliyatini amalga oshirish uchun ataylab tuzilgan va O`zbekiston hududida sug`urta faoliyati bilan shug`ullanish uchun qonunchilik bilan belgilangan tartibda litsenziya olgan O`R qonunchiligida kO`zda tutilgan harqanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs. Sug`urtalovchi shartnoma bilan shartlashilgan sug`urta hodisasi yuz berishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni sug`urtalovchiga, yoki foydasiga sug`urta shartnomasi tuzilgan boshqa shaxsga ma`lum mukofot evaziga to`lab berish majburiyatini olib, sug`urtalashni amalga oshiradi.

Syurveyer 
sug`urtalashga qabul qilingan mulkni ko`rikdan tkazish va baholashni amalga oshiruvchi sug`urtalovchining yuqori malakali vakili. Syurveyerning ko`rikdan o`tkazilgan mulki to`g`risidagi xulosasiga binoan sug`urtalovchi sug`urta shartnomasini tuzish to`g`risida qaror qabul qiladi. Xorijiy amaliyotda syurveyer sifatida klassifikatsion jamiyatlar, shuningdek shartnoma asosida sug`urtalovchi bilan O`zaro munosabatlarda bo`ladigan yong`inga qarshi xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish bo`yicha ixtisoslashgan firmalar faoliyat yuritadilar. Adjasterdan farqli o`laroq syurveyerlar mulkni sug`urta shartnomasi tuzilishidan oldin ko`rikdan o`tkazadilar.

 

Yuqoriga

 

 

Tant`ema 
foydadan olingan komissiya; qayta sug`urtalovchi foydasida qayta sug`urtalanuvchi ishtiroki; qayta sug`urtalanuvchini taqdirlash shakli.

Tan jarohati 
boshqa sabablardan mustaqil ravishda to`g`ridan-to`g`ri to`sqinlik qilib bo`lmaydigan, tasodifiy shubhasiz tashqi ta`sir natijasida shartnoma amal qilish davrida sug`urtalanuvchi organizmi butunligining buzilishi. To`g`ridan-to`g`ri va faqat ushbu ta`sir oqibatida kelib chiqqan kasalliklardan tashqari har qanday kasalliklarni O`z ichiga olmaydi.

Tender
sug`urtalashda:

1) ayrim sug`urta turlari bo`yicha polislarni sotish huquqini olish maqsadida konkursda qatnashish uchun taklif etish (odatda munitsipal mulk, yashash uchun mo`ljallangan va boshqa binolarni va b. sug`urtalash);

2) konkurs jarayonining O`zi.

Texnika zahiralari 
quyidagilarni qoplash uchun jaratilgan kompaniyaning sug`urta aktivlari: 1) hisob-kitobdan sezilarli og`magan hodisalarda sug`urta to`lovlari bo`yicha da`volar; kelgusi, shu jumladan uzoq muddatli hayot sug`urtasi shartnomalari bo`yicha zararlar.

Texnik qaltisliklarni sug`urtalash
quyidagilarni O`z ichiga oluvchi mulk sug`urtasi turi: qurilish-montaj ishlarini sug`urtalash, mashinalarni buzilishdan sug`urtalash, ishga tushirilgandan so`ngi kafolat majburiyatlarini sug`urtalash, elektron uskunalarni sug`urtalash va qurilish-montaj ishlarini olib borganda uchinchi shaxslarning mas`uliyatini sug`urtalash

Tezkor tibbiy yordam

davolashning barcha bosqichlarida (oilaviy shifoxona-tez yordam-statsionar) o`tkir kasallangan yoki travmatik jarohatlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar.

Tekshiruv dalolatnomasi
sug`urtalashda amalga oshirilgan tekshiruvning zarur hajmi va uning natijalari haqidagi hujjat.

Titul sug`urta 
egalik tituli (ko`chmas mulk bo`yicha) nuqsoni natijasida yo`qotishlar qaltisligidan sug`urtalash, masalan aktiv sotib olinganidan so`ng.

Tibbiy tez yordam
inson hayotiga xavf solinayotgan holatlarda ko`rsatiladi. Bunday yordam zarur uskunalar bilan jihozlangan va dori-darmonlari bo`lgan maxsus reanimobilda (mashinada) reanimatolog-vrach va o`rta darajadagi tibbiy xodimlar kiruvchi tibbiy tez yordam brigadasi tomonidan ko`rsatiladi. YOrdam bemorning qaerda bo`lishidan qat`iy nazar (ishda, uyda, ko`chada) maksimal qisqa muddatlarda (30 minutgacha) ko`rsatiladi.

Travmatik jarohat
tashqi ta`sir (asosan mexanik, termik ta`sir) natijasida kelib chiqqan inson organizmi to`qimalarining butunligi va funktsiyalarining buzilishi.

Transport vositalarning (yuk, mulk) zararlanishi 
transport vositasining (yuk, mulk) boshlang`ich shakli va/yoki butunligining buzilishi, uning ayrim qismlarining ishlatib bo`lmaydigan ahvolga kelishi.

Transport sug`urtasi 
quyidagi turli yo`llarda yuzaga keladigan xavflardan sug`urtalash turlarining yig`indisi: havo, dengiz, daryo, quruqlik (Aviatsiya sug`urtasiDengiz sug`urtasiAvtotransport vositalarini sug`urtalash,Kemalarni sug`urtalashga qarang).

Tranport vosilari egalarining fuqarolik mas`uliyati, avto-fuqarolik mas`uliyati 
yo`l-transport hodisasi natijasida uchinchi shaxslarga (ularning hayoti, sog`lig`i va mulkiga) zarar etkazganlik uchun shaxsning mas`uliyati. Aybdor shaxs jabrlanuvchilarga zararni qoplashi shart. A-f. m. sug`urtalovchi etkazilgan zararlarni qoplashni O`z zimmasiga oladigan sug`urta ob`ekti hisoblanadi. A-f. m. sug`urtalashda transport vositasidan foydalanishda uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni: vafot etsa, jarohat etkazilsa yoki sog`liqqa boshqa zarar etkazilsa; mulk yo`qotilsa va zararlansa, sugurtalanuvchi to`lashi shart bo`lgan summani sug`urtalovchi uchinchi shaxslarga to`lab beradi.

To`lanmagan zarar 
sug`urtalangan qaltislik bo`yicha sug`urtalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan, lekin hali to`lab berilmagan zarar.

To`la nobud bo`lishi 
sug`urtalangan kaltisliklar yuzaga kelishi natijasida sug`urtalangan mulkning (kema, yuk, avtomobil) qaytarib bo`lmaydigan ravishda yo`qolishi.

To`lash muddati
hayotni sug`urtalash polisi yoki sug`urtaning yig`ma turi bo`yicha sug`urtalovchi to`lovni amalga oshirishi zarur bo`lgan sana. Hayot sug`urtasida to`lash muddati sug`urtalangan shaxsning vafot etishiga bog`liq bo`ladi. Yig`ma sug`urta Polisi bo`yicha to`lash muddati qaysinisi oldin yuz berishiga qarab sug`urtalangan shaxs vafot etgandan so`ng yoki oldindan kelishilgan maxsus davr tugashi bilan belgilanadi.

To`g`irlovchi koeffitsentlar
aniq ob`ektni yoki jismoniy shaxsni sug`urtalashga qabul qilishda qaltislik darajasiga muvofiq ravishda o`rtacha sug`urta tariflarini oshirish yoki kamaytirish maqsadida sug`urtalovchi (anderrayter) tomonidan foydalaniladigan koeffitsentlar.

 

Yuqoriga

 

 

Umumiy avariya 
ataylab qilinmagan va aqlan oqlangan favqulodda xarajatlar yoki kemani, fraxtni va kemada tashilayotgan yukni ular uchun umumiy bo`lgan xavfdan qutqarish maqsadlaridagi xarajatlar natijasidagi zararlar. Sanab o`tilgan xususiyatlardan (ataylab qilmaslik, aqlan oqlanganlik, favqulodda yuz berish, qutqarish zarurligi) hatto bittasi bo`lmasa, zarar umumiy avariyaga oid bo`lmaydi.

Umumiy tizim 
er tranporti haydovchisi va yo`lovchilarni sug`urtalashda transport vositasidagi barcha yo`lovchilar bo`yicha sug`urta summasi ko`rsatish bilan birga har bir jabrlanuvchi uchun sug`urtalovchining mas`uliyati chegarasi belgilanadi.

Uchinchi shaxslar 
sug`urtalanuvchi bilan shartnoma shartlari bo`lmagan va sug`urtalovchiga da`vo qilish huquqi bo`lgan jismoniy va yuridik shaxs. Uchinchi shaxslarga quyidagilar kirmaydi: sug`urtalanuvchi, o`z xizmat majburiyatlarini bajarayotgan uning ishlovchilari, sug`urtalanuvchining qarindoshlari, agar sug`urtalanuvchi jismoniy shaxs bo`lsa, uning nomidan faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar. Uchinchi shaxslar sug`urta shartnomasida ishtirok etmaydilar, ammo ma`lum holatlarda ushbu shartnomadan kelib chiquvchi tegishli huquqlarga ega bo`ladi.

 

Yuqoriga

 

 

O`zini O`zi sug`urtalash
sug`urta hodisalarini qoplash uchun O`zining zahira jamg`armasini tashkil etish.

O`g`irlik
mulkni maxfiy ravishda olib ketish, ruxsatsiz kirish bilan olib ketish.

O`g`irlikdan sug`urtalash
mulkni yoki uning qismlarini o`g`irlash bilan zarar etkazilganligi uchun shaxsiy mulk egasi sug`urta qoplamasini oladigan mulk sug`urtasi turi.

 

Yuqoriga

 

 

Fakultativ qayta sug`urtalash
biron bir qaltislikni qayta sug`urtalashga topshirish bo`yicha tsedent qayta sug`urtalovchi oldida hech qanday majburiyatga ega bo`lmaydigan qayta sug`urtalash uslubi. TSedent qaltisliklarni qachon, qancha va qanday shartlarda qayta sug`urtalashga topshirishni O`zi hal etadi. Qayta sug`urtalovchi qaltislikni qabulishi shart emas. Fakulьtativ qayta sug`urtalash va birlashib sug`urtalash o`rtasidagi farq shundan iboratki, polis egasi qayta sug`urtalash shartnomasi mavjudligi to`g`risida bilmaydi. Birlashib sug`urtalashda uning ishtirokchilari, ularning qaltislikdagi ulushlari yagona polisda ko`rsatilib, ularning har biri sug`urtalanuvchidan sug`urta mukofotidan O`z ulushini olsa, qayta sug`urtalovchi esa O`z qayta sug`urtalash mukofotini sug`urtalovchidan oladi.

Franshiza
sug`urta shartnomasi sharti bilan kO`zda tutilgan ma`lum miqdordan oshmaydigan zararni sug`urtalovchi to`lamasligi. Franshiza sug`urtalanuvchi zararni qoplashdagi shaxsiy ishtirokining shakli bo`lib, odatda, zararlar nisbatan katta bo`lmaganda qo`llaniladi. Franshiza sug`urta mukofotining kamayishiga ta`sir etadi. Franshiza shartli (chegirib qolinmaydigan) va shartsiz (chegirib qolinadigan) turlarga bo`linadi. SHartli franshiza - agar zarar summasi franshiza summasidan oshmasa, sug`urtalanuvchi mustaqil ravishda zararni qoplaydi, agar zarar miqdori franshizadan oshsa, zarar sug`urtalanuvchi tomonidan to`la qoplab beriladi. SHartsiz franshiza - franshiza summasi har qanday holatda ham chegirib qolinadi. Franshiza sug`urta summasidan ma`lum foiz yoki summa ko`rinishida belgilanadi.

Foyda keltirmaydigan polislar
hayotni sug`urtalash bo`yicha olingan foydada qatnashishi mumkin bo`lmagan saqlovchining polisi.

Fraxt
yuk tashish uchun to`lov.

Fuqarolik mas`uliyati
huquqbuzarlik natijasida uchinchi shaxslarga (ularning hayoti, sog`lig`i va mulkiga) zarar etkazilganlik uchun shaxsning mas`uliyati. F. m. ataylab qilinmagan huquqbuzarlik yoki shartnoma shartlarini buzishda ham yuzaga kelishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shaxs etkazilgan bunday zararlarni qoplashi shart, shuning uchun F.m. sug`urta obekti hisoblanib, u tufayli etkazilgan zararlar sug`urtalovchining zimmasiga tushadi (Fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalashga qarang).

Fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalash 
rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan mas`uliyatni sug`urtalash turi. Ularning ko`pchiligida FM sug`urtalash majburiyati qonunchilikda belgilangan. Uning mohiyati shundan iboratki, xavfli ob`ektlardan foydalanayotgan yoki ularni boshqarayotgan (masalan, transport vositalari) shaxs ushbu amallar sababli uchinchi shaxslarning mulki yoki hayoti va sog`lig`iga etkazgan zaralari uchun mas`ul bo`lishi shart. Qonun bo`yicha mas`uliyat ataylab qilinmagan huquqbuzarlik yoki shartnoma majburiyatlarini buzish bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin. FM sug`urtalash yoki uchinchi shaxslar oldidagi mas`uliyatni sug`urtalash eng ko`p sonli sug`urta turi bo`lib, uning barcha turlarini sanab o`tish qiyin.

 

Yuqoriga

 

 

Xedjing
yo`qotishlarni sug`urtalash, omborga joylashda yo`qotishlar qaltisligini yoki teng miqdordagi shartnomalar tuzish yo`li bilan narxning salbiy O`zgarishi sababli foydaning kamayishini minimallashtirish, ammo naqd pul hisob-kitobi va muddatli operatsiyalarda qarama-qarshi pozitsiyalarni hisobga olish bilan.

Xususiy avariya
umumiy avariyaga kiritib bo`lmaydigan zararlar.

 

Yuqoriga

 

 

Hayot faoliyatini cheklanishi
sog`liqning yomonlashuvi natijasida inson faoliyatining me`yordan og`ishi. O`ziga xizmat ko`rsatish, harakatlanish, yo`nalish olish, muloqotda bo`lish, O`z xulqini nazorat etish, o`qish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qobiliyatlarining cheklanishini tavsiflaydi.

Hayotni sug`urtalash
O`z hayotini sug`urtalagan shaxsning vafot etganida baxtsiz hodisanatijasida sog`lig`ining boshqacha yomonlashgandama`lum pul mablag`lari summasi to`lanadigan shaxsiy sug`urta turi, sug`urtaning yig`ma turida esa summa nima oldin yuz berishiga qarab ma`lum muddat o`tgandan so`ng yoki hayoti sug`urtalangan shaxs vafot etgandan so`ng to`lab beriladi.

Halokatli qaltislik 
1) ma`lum joyda bir vaqtning O`zida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan zarar yoki O`zaro bog`liq zararlar;

2) katta miqdordagi ehtimoldagi qaltisliklar;

3) tabiiy ofat;

4) favqulodda hodisa. 

Harakatdagi/ko`chadigan mulk
jismoniy yoki yuridik shaxsning egalik qilish yoki foydalanish ob`ekti. Ko`chmas mulk deb undan foydalinish mo`ljallangan maqsadlarda va uning tavsifi va xususiyatlariga zarar etkazilmasligi uning harakatda bo`lishini: bino, qurilma, er maydoni va sh.o`. istesno etadigan mulkka aytiladi. Qolgan boshqa hamma mulk harakatdagi mulk hisoblanadi.

Har tomonlama sug`urtalovchi polis 
bir vaqtning O`zida siyosiy va kredit qaltisliklaridan eksportni (eksport kreditini) sug`urtalash

Har bir yoki har qanday zarar
xalqaro sug`urta amaliyotida umum qabul qilingan tushuncha. Bir favkulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida sodir bo`lgan bitta sug`urta hodisasi yoki bunday hodisalarning seriyasi oqibatida yuzaga kelgan har bir yoki har qanday zarar qoplanishini anglatadigan shartnoma sharti (klauzula, yoki kelishuv).

Hodisa 
zarar etkazilishi olib keluvchi qaytariluvchi shartlarning yaralishi yoki har qanday voqea.

 

Yuqoriga

 

 

Tsedent
sug`urtalashga qaltislikni qabul qilgan va uni qisman qayta sug`urtalashga bergan sug`urtalovchi.

Tsessioner yoki tsessionariy
huquq, mulk va b. topshirilayotgan shaxs. Sug`urtalashda: qayta sug`utalash uchun qaltislikni qabul qilayotgan sug`urtalovchi.

Tsessiya
qayta sug`urtalovchiga qayta sug`urtalash uchun qaltislikni topshirish.

 

Yuqoriga

 

 

Shartli anuitet
ma`lum voqea yuz berishi bilan to`linishi lozim bo`lgan renta (Anuitetga qarang).

Shaxsga zarar etkazilishi
hodisa natijasida shaxsga tan jarohatlari etkazilishi yoki uning vafot etishi.

Shengen guruhi
kirish uchun yagona SHengen vizasi amal qiladigan qator Evropa davlatlari imzolagan tegishli bitim, shuningdek u barcha guruhdagi mamlakatlarda erkin harakatlanish huquqini ham beradi. SHengen guruhi mamlakatlari: Avstriya, Belьgiya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Frantsiya.

Shomaj
sug`urta hodisasi yuz berishi natijasida sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning to`xtab qolishi bilan bog`liq foydani yo`qotilishi va boshqa moliyaviy yo`qotishlarni sug`urtalash.

 

Yuqoriga

 

 

Yuklarni sug`urtalash
ko`pincha tashqi savdo bilan bog`liq bo`lgan mulk sug`urtasi turi. Xalqaro amaliyotda ushbu sug`urta turi bo`yicha standart shartlar ishlab chiqilgan bo`lib, ayrim davlatlar ularga ma`lum O`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilishi mumkin. YUklarni sug`urlashning asosiy sharti - «barcha qaltisliklar» uchun mas`uliyat bilan sug`urtalashdir. Ushbu shart bo`yicha umumiy avariya, shuningdek sug`urtalangan yuklarning bo`tunlay yoki qisman nobud bo`lishidan zarar etkazilishi qoplab beriladi.

Yuqori xavf manbasi
atrofga zarar etkazishining ehtimoli katta bo`lgan sifatlarga ega ma`lum ob`ektlardan foydalanish bilan bog`liq faoliyat.

 

Yuqoriga

 

 

Yashil karta (Green Card)
avtotransport egalarining fuqarolik mas`uliyatini majburiy sug`urtalash to`g`risida xalqaro shartnomalar tizimi va xorijga chiqayotganlarning fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalash dasturi. «Yashil karta» tizimning qatnashchilari bo`lib Yugoslaviyadan tashqari Evropa davlatlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi ayrim davlatlar, shuningdek Latviya, Estoniya, Moldova va Ukraina hisoblanadi. «Yashil karta» chet el fuqarolarining ushbu davlatlar hududlariga avtomobilda kirishning majburiy sharti hisoblanadi. Tizim 1949 yilda tashkil topgan. Ushbu sug`urtaning huquqiy munosabatlarini belgilab beruvchi sug`urta polisning rangidan O`z nomini olgan. «Yashil karta» (Green Card) - sug`urta hujjati Ittifoqning a`zosi bo`lgan mamlakatning sug`urta kompanyasi tomonidan beriladi. U Ittifoq a`zolari bo`lgan davlatlar hududida haqiqiy hisoblanib, keyinchalik «Yashil karta» bergan sug`urta kompaniyasi rasmiylashtrish va zararni qoplab berish xarajatlarini to`ldirishi sharti bilan ushbu mamlakat sug`urta kompaniyalari etkazilgan zararni hujjatlashtirib «Yashil karta» egalari tomonidan uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini oladilar.