Analitika va statistika

chop etish versiyasi

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2024-yilning 9 oyi yakunlarini sarhisob qildi

Ayni paytda O‘zbekistonda sug‘urta sohasini rivojlantirish va isloh qilishni rag‘batlantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 1-martda qabul qilingan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori zamonaviy axborot texnologiyalarni sohaga keng joriy etish, shuningdek, sohani tartibga solishni yanada takomillashtirish orqali sug‘urta xizmatlarining ommabopligi va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish jarayonida 2024-yilning to‘qqiz oyida “O‘zbekinvest” tomonidan 810,8 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlandi.

Qayta sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘imi 35,6 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, kompaniyaning sug‘urta portfelidagi sug‘urta xizmatlari eksportining ulushi 52 foizni tashkil etdi. Tovar va xizmatlarning milliy eksportchilari 2,2 mlrd AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi bilan ta'minlandi.

Korporativ segmentda sug‘urta mukofotlari yig‘imi 211,9 milliard so‘mni tashkil etdi, yuridik shaxslar bilan 53,8 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.

Jismoniy shaxslarning sug‘urta segmentida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115 foizga o‘sish bilan 72,8 milliard so‘m miqdorida mukofotlar undirildi. 2024-yilning to‘qqiz oyida jismoniy shaxslar bilan 670 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi. “Mahallaboy” loyihasi doirasida to‘qqiz oyda 34,2 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta’minlandi.

2024-yil sentyabr oyining boshiga ko‘ra, “O‘zbekinvest” kompaniyasi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMSQ) bozorida birinchi o‘rinni mustahkamladi. Shu bilan birga, 2024-yilning to‘qqiz oyi davomida kompaniyaning raqamli platformalari 561,9 mingdan ortiq onlayn polislarni sotishga yordam berdi, bu esa sotilgan sug‘urta polislarining umumiy ulushining 15% dan ortig‘ini tashkil etdi.

2024-yilning 9 oyi davomida kompaniyaning sug‘urta to‘lovlari hajmi 142,1 milliard so‘mni tashkil etdi, bu 2023-yilning 9 oyidagi ko‘rsatkichdan 9,7 milliard so‘mga ko‘pdir. Shundan majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha 27,8 milliard so‘m, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha 114,3 milliard so‘m to‘langan.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta'minlash majburiyatini saqlab, 2024 yil aprel oyida kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi va Cert International xalqaro sertifikatlashtirishdan muvofiqlik sertifikatini oldi. 

Shuningdek, 2024-yil aprel oyida xalqaro reyting agentligi A.M.Best company (AQSh) “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan “BB” darajasida rasman tasdiqladi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi biznesga innovasion raqamli yondashuvlarga asoslangan samarali faoliyatini davom ettiradi va mijozlarga ishonchli kompleks sug‘urta himoyasini taqdim etadi.