Bu chet ellik xaridor bankining eksport shartnomasi boʼyicha ochilgan, qaytarib boʼlmaydigan akkreditiv boʼyicha toʼlov majburiyatini bajarmaslik xavfidan sugʼurtalashdir. Ushbu sugʼurta turi eksport shartnomasi boʼyicha toʼlov sharti chet ellik xaridor bankining qaytarib boʼlmaydigan hujjatli akkreditivi boʼlgan taqdirda qoʼllaniladi. Agar bank yaxshi reytingga ega boʼlmasa yoki xaridor mamlakatidagi siyosiy vaziyat keskinlashishi mumkin boʼlsa, eksport qiluvchining sugʼurta polisi yuzasidan sugʼurta kompaniyasiga murojaat qilishi mantiqan toʼgʼri boʼladi.
QАMROV DOIRАSI
Eksportchi sugʼurta shartnomasi boʼyicha sugʼurtalanuvchi hisoblanadi.
Sugʼurta predmeti - xorijiy xaridor bankining akkreditiv boʼyicha toʼlov majburiyati hisoblanadi.
Sugʼurta chet ellik xaridor banki mamlakatida yoki toʼlov amalga oshiriladigan har qanday uchinchi davlatda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan siyosiy va tijorat qaltisliklarini qoplaydi.
Sugʼurta summasi eksport qiluvchining foydasiga ochilgan akkreditiv miqdoriga mos ravishda belgilanadi.
Sugʼurta shartnomasi boʼyicha tovon puli 100 foizgacha toʼlab beriladi.
Sugʼurta muddati eksport shartnomasi muddatiga mos ravishda tuziladi.
SUGʼURTА MАHSULOTI NАRXI
Sugʼurta mukofotining miqdori soʼralgan sugʼurta davriga, akkreditiv muddati va turiga, mamlakatning qaltislik darajasiga, xaridor bankining moliyaviy holatiga qarab belgilanadi.
KERАKLI HUJJАTLАR:
Eksport shartnomasi;
Toʼldirilgan anketa-ariza;
Chet el xaridor bankining akkreditivi