Eksport shartnomasi bekor boʼlishidan sugʼurtalash

chop etish versiyasi

Bu chet ellik xaridor tomonidan siyosiy qaltisliklar tufayli eksport shartnomasining bekor qilinishi xavfidan sugʼurtalashdir. Eksport shartnomasi tuzilgandan keyin eksportchi chet ellik xaridor buyurtmasi boʼyicha mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu davrda xaridor mamlakatida siyosiy mojarolar yuz berishi va buning natijasida xaridor yuk joʼnatilishidan oldin shartnomani bekor qilishga majbur boʼlishi mumkin. Bu davr mobaynida eksportchi mahsulot ishlab chiqarish uchun maʼlum xarajatlarni amalga oshiradi va shartnoma bekor qilinganligi sababli mahsulotlarini sota olmaydi hamda mahsulotlar uchun pulini ololmaydi. Sugʼurta kompaniyasi ushbu turdagi muammoni eksport shartnomasining bekor boʼlishidan sugʼurtalash orqali hal qilishi mumkin.

Qamrov doirasi
Eksport qiluvchi sugʼurta shartnomasi boʼyicha sugʼurtalanuvchi hisoblanadi.
Sugʼurta predmeti - bu chet ellik xaridorning eksport shartnomasi boʼyicha mahsulotlarni joʼnatilishigacha boʼlgan davrdagi sotib olish majburiyatlari hisoblanadi.
Sugʼurta summasi eksport shartnomasi summasining 100 foiz miqdorigacha belgilanadi.
Sugʼurta himoyasi xorijiy xaridorning mamlakatida yuzaga keladigan siyosiy qaltisliklarni qoplaydi.
Sugʼurta shartnomasi boʼyicha tovon puli zararning 100 foizigacha boʼlgan miqdorini tashkil etadi.
Sugʼurta muddati eksport shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.

Sugʼurta mahsuloti narxi
Sugʼurta mukofotining miqdori soʼralgan sugʼurta davriga, yetkazib berish muddatiga, mamlakat qaltisliklari darajasiga qarab belgilanadi.

Kerakli hujjatlar:
Eksport shartnomasi;
Toʼldirilgan anketa-ariza.

exp7