Eksport faktoringini sugʼurtalash

chop etish versiyasi

Bu tijorat banki tomonidan eksportyorga eksport shartnomasi asosida yetkazib berilgan tovarlar uchun toʼlov talabnomasi evaziga taqdim etilgan pul mablagʼlarining chet ellik xaridor tomonidan qaytarilmasligidan sugʼurtalashdir.
Ushbu sugʼurta turi eksport qiluvchi chet ellik xaridor bilan akkreditiv yoki kechiktirilgan toʼlov shartlari asosida eksport shartnomasini tuzgan taqdirda qoʼllaniladi. Eksportchi, tovarlarni joʼnatib boʼlgandan soʼng, eksport shartnomasi boʼyicha toʼlovni kutmasdan, eksport shartnomasi boʼyicha toʼlov talabnomasini faktoring shartnomasi asosida bankga topshirish evaziga bankdan pul mablagʼlarini olishi mumkin. Eksport faktoringini sugʼurtalash polisi - bu bank tomonidan berilgan pul mablagʼlarining taʼminoti hisoblanadi.


Qamrov doirasi
Bank sugʼurta shartnomasi boʼyicha sugʼurtalanuvchi hisoblanadi.
Chet ellik xaridorning eksport shartnomasi boʼyicha toʼlov majburiyati hamda eksportchi tomonidan bankga taqdim qilingan toʼlov talabnomasi sugʼurta predmeti boʼlib hisoblanadi.
Sugʼurta chet ellik xaridor mamlakatida yuzaga keladigan siyosiy va tijorat qaltisliklarini qoplaydi.
Sugʼurta summasi bank tomonidan taqdim qilingan mablagʼlarning 100 foizigacha boʼlgan miqdorda belgilanadi.
Sugʼurta shartnomasi boʼyicha tovon puli 100 foiz miqdorgacha qoplanadi.
Sugʼurta shartnomasi muddati faktoring shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda belgilanadi.


Sugʼurta mahsuloti narxi
Sugʼurta mukofotining miqdori soʼralgan sugʼurta davriga, mamlakatdagi qaltislik darajasiga, chet ellik xaridorning moliyaviy holatiga va moliyalashtirish boʼyicha mavjud boʼlgan taʼminotga qarab belgilanadi.
Sugʼurta xarajatlari sugʼurta qildiruvchiga 100 foiz miqdorda Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʼbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.


Kerakli hujjatlar:
Eksport shartnomasi;
Toʼldirilgan anketa-ariza;
Faktoring shartnomasi;
Chet ellik xaridorning nizomi va roʼyxatdan oʼtganlik toʼgʼrisidagi guvohnomalari;
Chet ellik xaridorning soʼnggi 3 yil uchun balans, foyda va zararlar toʼgʼrisidagi hisoboti

exp5