Eksportchiga ko'mak

chop etish versiyasi

Eksport-import operatsiyalarini sugʼurtalash

Oʼzbekiston bozorida eksport operatsiyalarini sugʼurtalash, birinchi navbatda, "Oʼzbekinvest" eksport-import sugʼurta kompaniyasi" AJ tomonidan amalga oshiriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabridagi PQ-4069-son «Eksportga koʼmaklashish va uni ragʼbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi va 2019 yil 24 maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʼurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4337-son Qarorlariga muvofiq kompaniyaga Oʼzbekiston Respublikasi Eksport qaltisliklarini sugʼurtalash davlat agentligi funktsiyalari yuklatilgan.

"Oʼzbekinvest" eksport-import sugʼurta kompaniyasi" АJ Oʼzbekiston Respublikasida eksportni qoʼllab-quvvatlash Milliy tizimiga kiritilgan boʼlib, kompaniyaga eksport kontraktlarini va kreditlarini siyosiy va tijorat qaltisliklaridan sugʼurta qilish vazifasi belgilab qoʼyilgan.

Eksportni ragʼbatlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 avgustdagi 512-son Qaroriga muvofiq, eksport shartnomalari va logistika tavakkalchiliklarini sugʼurta qilish uchun sugʼurta pulining 1 foizigacha boʼlgan xarajatlar yoxud bevosita sugʼurta qildiruvchiga, sugʼurta mukofotini toʼlaganidan keyin, yoxud sugʼurta kompaniyasiga, sugʼurta polisi taqdim etganidan keyin, davlat byudjetidan toʼliq qoplab beriladi.

Tijorat banklarining kreditlari va Eksport-import operatsiyalari boʼyicha taqdim etiladigan sugʼurta mahsulotlari


Kompaniya eksportchilarning tashqi bozorlardagi manfaatlarini siyosiy va tijorat qaltisliklaridan himoya qilish maqsadida koʼplab sugʼurta mahsulotlarini taqdim etadi, shu jumladan:

- Tovar yetkazib beruvchining krediti sugʼurtasi (tovarlarni muddati kechiktirilgan toʼlov shartlarida yetkazib berish);
- Chet ellik xaridor bankining akkreditiv boʼyicha majburiyatlarini bajarmasligidan sugʼurtalash;
- Eksportchining aylanma mablagʼlarini toʼldirish uchun berilgan kreditni sugʼurtalash (eksportoldi moliyalashtirish);
- Oʼzbekiston tijorat banklarining "Xaridorga kredit" turi boʼyicha eksport kreditlarini sugʼurtalash;
- Eksport faktoringini sugʼurtalash;
- Import shartnomasi boʼyicha avans toʼlovini sugʼurtalash;
- Eksport shartnomasi bekor boʼlishidan sugʼurtalash.

KIMLAR BIZNING MIJOZIMIZ BOʼLIShLАRI MUMKIN?


Eksportchilar
Kechiktirilgan toʼlov asosida eksport shartnomalarini tuzuvchi yoki eksportoldi moliyalashtirishga muhtoj boʼlgan eksportchilar.
Banklar
Savdoni moliyalashtirish sohasida faoliyat yuritadigan tijorat banklari (eksport shartnomalarini kreditlash).
Importchilar
Yangi yetkazib beruvchi bilan oldindan toʼlov asosida maʼlum mahsulotlarni yetkazib berish boʼyicha import shartnomalarini tuzuvchi importchilar.


SUGʼURTАLАShNING FOYDАLI TOMONLАRI:


-Eksport-import shartnomalarini amalga oshirishda va tijorat banklari tomonidan eksportoldi moliyalashtirishda yuzaga keluvchi zararlarning 100 foizigacha qoplanishi;
-Chet el bozorlarida sotuv hajmining ortishi;
-Sugʼurta polisi taʼminot sifatida foydalangan holda, kredit olish imkoniyati;
-Valyuta tushumlari kelib tushmagan taqdirda jarimalardan ozod boʼlish.

SUGʼURTАLАSh ShАRTNOMАSI QАNDАY TUZILАDI?


Sugʼurta himoyasini olish uchun kompaniyaning hududlardagi tegishli filiallariga yoki kompaniyaning Toshkent shahridagi bosh ofisiga sugʼurta shartnomasini tuzish haqida ariza topshirish zarur.