28.07.2022
Sugʼurta biznesi boʼyicha trening
Xodimlarni “Sugʼurta biznesi boʼyicha trening” dasturi boʼyicha bilim va malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyaning “Korean Re” sugʼurta tashkiloti tomonidan oʼtkaziladigan oʼquv dasturida ishtirok etishdi!
Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida “Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda sugʼurta faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy ajuman boʼlib oʼtdi. “Ozbekinvest” sugʼurta kompaniyasi hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda oʼtkazilgan mazkur anjumanda, yurtimiz sugʼurta bozorining koʼzga koʼringan vakillari bilan birga Turkiya, Polьsha, Rossiya, Belarussiya, Qozogʼiston, Tojikistondan kelgan mehmonlar ham oʼzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

2022 yil 27 iyun kuni Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida “Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda sugʼurta faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy ajuman boʼlib oʼtdi.

Mazkur jarayonda “Oʼzbekinvest” АJ faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan kompaniya tomonidan 2022 yilning II yarim yilligida “Yoʼl xaritasi”ga asosan amalga oshiriladigan qoʼshimcha tadbirlar muhokamasi boʼlib oʼtdi.

“Oʼzbekinvest” eksport-import sugʼurta kompaniyasi" aktsiyadorlik jamiyati Buxoro viloyat filiali 2021 yil yakunlari boʼyicha “Eng yaxshi hududiy filial” nominatsiyasi gʼolibi deb topilgani munosabati bilan filialning xodimlari Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumanida joylashgan dam olish maskaniga sayohat uyushtirdilar.

3 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti tashabbusi bilan “Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi mutaxassislari tomonidan sugʼurta polislarini elektron sotish yuzasidan ishlab chiqilgan “E-agent” mobil ilovasini ishlash tizimi boʼyicha amaliy seminar tashkil etildi.


"Oʼzbekinvest"- Sugʼurta bozorining yetakchi, "Yil brendi 2021" gʼolibi
Yurtimiz jamiyatining turli soha yoʼnalishlari boʼyicha peshqadamlarni aniqlab kelayotgan - Xalqaro Marketing biznes Forumi - "Yil brendi 2021"ning "Sugʼurta bozorining yetakchisi" nominatsiyasida eʼlon qilingan koʼrik tanlovida "Uzbekinvest" EISK АJ gʼolib, deya tan olindi.
Bizni qoʼllab-quvvatlagan barchaga minnaddorchilik bildiramiz! Siz bizni tanladingiz! Biz esa Sizning ishonchingizni oqlaymiz!

Jamiyat hududiy filiallari direktorlari va axborot texnologiyalari boʼyicha masʼul xodimlar uchun tashkil etilgan amaliy oʼquv mashgʼulotida zamonaviy elektron vositalaridan foydalanishdagi yangiliklar bilan tanishtirildi va internet tizimlarida sugʼurta ishlarini yuritish boʼyicha yanada imkoniyat yaratuvchi koʼnikmalar, takomilashtirilgan uslubiyatlar xaqida soʼz bordi.
Seminar-trening dasturi boʼyicha nazariy va amaliy tadbir oʼtkazilib kelinmoqda .




Tadbir soʼnggida savol-javoblardan iborat bahs- munozara boʼlib oʼtdi.
Bugun shodiyona - Navroʼzi olam,
Orziqib kutilgan Navbahor toʼyi!
Аssalom Navroʼzi olam!
Аssalom bayram!
Senga atalgan yuraklar kuyi

Hurmatli "Uzbekinvest" vatan himoyachilari sizlarni ayni shu fursatdan foydalanib 14-yanvar Vatan Himoyachilari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va ishingizdan unum, barokat tilaymiz!
Kuchli va jasoratli bo'ling, maqsadlaringizga erishishda charchamang. Xotirjamlik va o'zingizga bo'lgan ishonch doimo sizga hamroh bo'lsin, oilangizda muhabbat, ahillik va o'zaro hurmat hukm sursin.
Ishga yangi qabul qilinayotganda talabgor jo‘natgan ma’lumotnomaning tuzilishiga, imloviy xatolarining bor-yo‘qligiga, yozilish uslubiga qarab, egasining bilimiyu, ishga bo‘lgan munosabatiga baho berilsa, ma’lumotnomaga joylashtirilgan fotodan psixologik xulosaning 70 foiziga ega bo‘lish mumkin.Bosh HR menejer tasdig‘idan o‘tgan talabgorgina Kompaniyaning Bosh direktori suhbatiga shaxsan chorlanadi. Suhbat xulosasi muvaffaqiyatli topilsa, Yangi ishga tushgan xodim uchun "O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida faoliyat yuritishiga kerakli bo‘lgan barcha imkoniyatlar yaratiladi. Lekin yangi xodimning ish joyiga moslashuvida yana HR menejerlarining maslahati zarur bo‘lib, bunda tashkilot jamoasi bilan tanishtirish, nimalarga e’tibor berishdan tortib, kimga qanday murojaat qilish kabi talaygina baland-past sharoitlarni tushuntirish- anchayin vaqt va e’tiborni talab etadi...
Har bir tashkilot o‘z jamoasiga innovasion g‘oyalarni taklif qiladigan malakali mutaxassislarni jalb qilishga harakat qiladi. Chunki ular tashkilot rivojiga yangilik kiritib, uning imkoniyatlarini kengaytiradi, daromadlarini ko‘paytiradi. Ana shunday xodimlarni mehnat bozoridan topib, ularni ko‘pchilikning ichidan tanlab, iqtidoriga yarasha sharoitlarni belgilovchi shaxslar HR menejerlaridir.. Buning uchun ular kuchli salohiyat egasi, psixolog bo‘lishlari shart.
"O‘zbekinvest" EISK AJning bosh HR menejeri Shohista Aripxodjayeva o‘z ishining ustasi. U Kompaniyaning nafaqat Asosiy, balki hududiy filiallariga ham sug‘urta sohasining yetuk mutaxassislarini tanlashda tinmay izlanadi.Bu jarayon ancha murakkabligi bilan ajralib turadi, albatta..