Tovar yetkazib beruvchining krediti sugʼurtasi

chop etish versiyasi

Bu tijorat va siyosiy qaltisliklar tufayli chet ellik xaridorning eksport shartnomasi asosida unga yetkazib berilgan tovarlar uchun toʼlamaslik xavfidan sugʼurta qilishdir.  Agar eksport shartnomasining toʼlov shartlarida tovarlar joʼnatilgandan keyin toʼlash nazarda tutilgan boʼlsa, eksportchi pulini xavf ostiga qoʼyadi va tovar uchun toʼlovni ololmasligi mumkin.  Shu munosabat bilan, tovarlarni kechiktirilgan toʼlov asosida sotishda eksportchini himoya qilish zarur.

QАMROV DOIRАSI

Eksportchi sugʼurta shartnomasi boʼyicha sugʼurtalanuvchi hisoblanadi.

Sugʼurta predmeti - chet ellik xaridorning eksport shartnomasida oldindan kelishib olingan, kechiktirilgan toʼlov boʼyicha toʼlash majburiyati hisoblanadi.

Sugʼurta himoyasi chet ellik xaridor mamlakatida yoki tovar oʼtadigan yoki toʼlov amalga oshiriladigan har qanday uchinchi davlatda yuzaga keladigan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklarini qoplaydi.

Sugʼurta summasi eksport shartnomasiga koʼra kechiktirilgan toʼlov summasi miqdoriga asosan belgilanadi.

Sugʼurta shartnomasi boʼyicha tovon puli zararning 100% foizigacha boʼlgan miqdorni tashkil etadi.

Sugʼurta muddati eksport shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.

Sugʼurta shartnomasi asosida alohida eksport shartnomasi yoki sugʼurta qildiruvchining eksport portfeliga kiruvchi barcha shartnomalar sugʼurta qilinishi mumkin.

SUGʼURTА MАHSULOTI NАRXI

Sugʼurta mukofotining miqdori soʼralgan sugʼurta davriga, kechiktirilgan toʼlov muddatiga, mamlakatning qaltislilik darajasiga, chet ellik xaridorning moliyaviy holatiga va mavjud boʼlgan garov turiga (kafolat) qarab belgilanadi.

Sugʼurta mukofoti qiymati eksport qiluvchiga 100% foiz miqdorida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʼbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

KERАKLI HUJJАTLАR:

Eksport shartnomasi;

Toʼldirilgan anketa-ariza;

Chet ellik xaridorning nizomi va roʼyxatdan oʼtganlik toʼgʼrisidagi guvohnomasi;

Chet ellik xaridorning soʼnggi 3 yillik uchun balans hamda daromadlari va zararlari toʼgʼrisidagi hisoboti.

exp1